Search

Bakalavriatura yo‘nalishlari

Kodi va nomi

Tarif

5230100-Iqtisodiyot (qishloq xo‘jaligida)

Iqtisodiyot sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy salohiyat va vazifalarini o‘rganadigan ta’lim  yo‘nalishi bo‘lib, u ishlab chiqarish va noishlab chiqarish majmualari rivojlanishi, iqtisodiyot tarmoqlari va mintaqalarda makro-mikroiqtisodiy rivojlanish va uni tartibga solish mexanizmi, istiqbolini belgilashga, kasbiy ko‘nikmaga, mutasaddilik qobilyatiga hamda milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash strategiyasi va yo‘nalishlari majmuasini qamrab oladi.

5230900 – Buxgalteriya hisobi va audit (qishloq xo‘jaligida)

Iqtisodiyot sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, u davlat, aksionerlik va xususiy kompaniyalar (firmalar), ishlab chiqarish birlashmalarining barcha yo‘nalishlari, iqtisodiy-huquqiy va tashkiliy asoslari,  faoliyat tamoyillari likvidliligini va to‘lov qobiliyatini ta’minlash bilan boo‘liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi

5232500-Logistika (agrologistika)

Fan, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, u erkin iqtisodiy zonalarda logistik faoliyatni tashkil etish, boshqarish, rejalashtirish, nazorat qilish, marketing kompleksi, erkin iqtisodiy industrial zonalar, bozorni segmentlash va pozitsiyalashtirish, logistika tizimida tadqiqotlar o‘tkazish, korxonalarning marketing strategiyasini ishlab chiqish, tovar, narx, sotish, siljitish, yetkazib berish zanjirini tashkil etish, yangi tovarlarni bozorga kiritish, korxonalarning tashqi bozorga chiqish usullari, turli mulkchilik shaklidagi korxona va erkin iqtisodiy  zonalarda logistika faoliyatini rivojlantirish, istiqbolini belgilash majmuasiga yo‘naltirilgan usul va vositalar majmuini qamrab oladi.

52610300-Turizm (agroturizm)

Fan va turizm sohasidagi ta’lim yo‘nalishi bo‘lib, agroturizm sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etishning huquqiy-me’yoriy asoslarini takomilllashtirish, kichik biznes subyektlarini tizimli tahlil qilish va rivojlantirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot faoliyatini olib borish;

Korxonalarda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, rejalashtirish, tashkiliy boshqaruv  tarkibini shakllantirish, biznes strategiyasini tahlil qilish, qayta ishlash va amalga oshirish, mahsulot va xizmatlarni reklama qilish, marketing tadqiqotini o‘tkazish;

-turizm va agroturizm korxonalarida xizmat ko‘rsatish faoliyatini tashkil etish, xizmatlar bozorini segmentlash, agroturizm mahsulot iste’molchlari xulq-atvorini o‘ganish, agroturizm korxonalar faoliyatini boshqarish, agroturizm sohasidagi xizmat ko;rsatish korxonalarining raqobatbardoshlik holatini tahlil qilish, agroturizm korxonalari dasturini tuzish, turli mulkchilik shaklidagi turistik va xizmat ko‘rsatish korxonalri faoliyatini rivojlantirish, yangi tovar va xizmatlarni bozorga kiritish hamda kichik biznes subyektlarining tashqi bozorga chiqishiga yo‘naltirilgan usul va vositalar majmuini qamrab oladi.

5233300-Agrobiznes va investitsion faoliyat

Iqtisodiyot sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, ishlab chiqarish, mehnat va moliyaviy resurslardan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jalik korxonalarida biznes yuritish va boshqarish usullari, innovatsiya va innovatsion faoliyat, ulardan ratsional foydalanish hamda ishlab chiqarish va biznes jarayonlarini tashkillashtirish, ishlab chiqarish va biznes bilan boo‘liq kompleks masalar majmuasini qamrab oladi

5311000-Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (qishloq xo‘jaligida)

Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida amalga oshiriladigan texnologik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish, mahsulotlarni yetishtirishda ularni birlamchi qayta ishlashda ishlab chiqarish resurslaridan ratsional foydalanish, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, avtomatlashtirish vositalarining texnik ekspluatatsiyasi va ulardan samarali (effektiv) foydalanishni ta’minlash uchun inson faoliyati vositalari, usullari, metodlari bilan boo‘liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

5410500-Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha)

Fan va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasi yo‘nalishi bo‘lib, yer, suv, energetik va moddiy-texnika resurslaridan samarali foydalanishni oshirish maqsadida meva, sabzavot va uzum mahsulotlarini  tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlash;

-qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash dastlabki ishlash jarayonlarini optimallashtirish;

-tayyorlangan, saqlangan va qayta ishlangan qishloq xo‘jalik mahsulotlari sifatini oshirish, kasbiy faoliyatda texnik vositalardan oqilona foydalanish usul va uslublari majmuasini o‘z ichiga oladi.