Search

Аxborot xizmati boʼlimi

Matbuot kotibi

Ernazarova Xurshida Ergashevna

Telefon: +998997763723

Qabul vaqti: Shanba va Yakshanba kunlaridan tashqari soat 9:00 dan 17:00 ga qadar

Email: ernazarovaxurshida@gmail.com

 


Bo'lim haqida

Аxborot xizmati boʼlimi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 iyundagi “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini taʼminlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-4366-son qarori asosida tashkil etilgan boʼlib, bevosita institut tarkibiga kiradi.

 

Boʻlimning asosiy maqsadi

Аxborot xizmati boʼlimining asosiy maqsadi filialdagi yangiliklarni veb-sayt, ijtimoiy tarmoq va ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikka yetkazishdan iborat.


Аxborot xizmati boʼlimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- Davlat organlari va tashkilotlari faoliyati haqida ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlari, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, shu jumladan matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etish yoʼli bilan aholiga muntazam, toʼliq va tezkor ravishda axborot taqdim etib borish;

- davlat organlari va tashkilotlarida mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy taraqqiyoti jarayoni haqida axborot berish va yoritish boʼyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;

- davlat organlari va tashkilotlarining ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surish, ijtimoiy soʼrovlar oʼtkazish va boshqa shakllarda jamoatchilik fikrini oʼrganish;

- axborot siyosati sohasida zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan samarali amaliy hamkorlikni yoʼlga qoʼyish;

- ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qilish, axborot xizmatlari bilan doimiy ishlovchi jurnalistlar va blogerlar doirasida tezkor maʼlumotlarni tarqatish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda keng aholi qatlamlarining ishtirokini taʼminlash maqsadida ekspertlar guruhini shakllantirish;

- muntazam ravishda ommaviy axborot vositalarida davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining chiqishlarini tashkil etish;

- axborot makoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan axborot xurujlariga tezkor munosabat bildirish, ommaviy axborot vositalari va Internet tarmogʼida tegishli davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga aloqador axborotni tarqatish boʼyicha ishlarni tashkil qilish;

- davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari orqali tarqatish uchun xabar, maʼlumot, sharh va boshqa axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;

- davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati toʼgʼrisida jamoatchilik fikrini, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining pozitsiyasini oʼrganish, dolzarb takliflar ishlab chiqish va ular toʼgʼrisida davlat organlari va tashkilotlari rahbariyatiga axborot berib borish;

- davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini xorijiy ommaviy axborot vositalarida sifatli yoritish maqsadida vakolatli vazirliklar va idoralar orqali Oʼzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarini, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning Oʼzbekistondagi diplomatik vakolatxonalarini axborot materiallari (bosma mahsulotlar, foto-, audio-, videomateriallar va h.k.) bilan taʼminlash;

- davlat organlari va tashkilotlarining vakolatiga kiruvchi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari hamda ularning tasdiqlangan matnlarini belgilangan tartibda oʼz rasmiy veb-saytlarida joylashtirish;

- davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatiga aloqador matnli, foto-, audio- va videomateriallardan iborat maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yangilab borish.

Bino/ofis: Filial, bosh bino, 2-qavat, 131-xona.