Search

“Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz”

16 noyabr – Xalqaro bagʼrikenglik kuni munosabati bilan Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filialida “Oʼzbekiston umumiy uyimiz” mavzusida maʼrifiy tadbir boʼlib oʼtdi. Tadbirni filialimiz direktori Sh.T.Hasanov ochib berib, Oʼzbekistonda yashayotgan har bir kishi millati, dini, irqidan qatʼiy nazar teng huquqli fuqaro hisoblanishi, hozirda Respublikamizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari ahil va inoq boʼlib yashab kelayotganlari buning yaqqol dalili ekanligini taʼkidladi.