Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i” deb nomlangan bayram dasturi bo‘lib o‘tdi.
Bayram dasturi avvalida Davlatimiz madhiyasi yangradi. Shundan so‘ng Yoshlar masalalari va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor U.Nurullayev institut rektorining bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.
Yig‘ilganlarni bayram bilan tabriklash maqsadida Samarqand viloyati hokimi maslahatchisi Sh.Temirov so‘zga chiqib, hammani bayrog‘imizning 32 yilligi bilan tabrikladi. Jahonda yurtimizning tanilishi uchun asosiy siymo ekanligini, sportchilarimiz tomidan qayd qilinayotgan natijalar va ular sharafiga bayrog‘imizning ko‘klarga ko‘tarilayotganligi, bu orqali O‘zbekistin degan diyorni butun jahon taniyotganini takidladi.
Tadbir institut talaba yoshlari ijrosidagi bayrog‘imizni madh etuvchi she’r va qo‘shiqlari bilan davom ettirildi. Oqdaryo tuman 7-son bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari tomonidan tayyorlab kelingan kuy va qo‘shiqlar, raqs tomoshalari bayram tadbirida ishtirok etayotganlarning kayfiyatini yanada yuqori ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan yoshlar va ishtirokchi mehmonlar maxsus diplom, faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.