Search

18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog‘i qabul qilingan kun.

Shu munosabat bilan Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutining bosh binosi oldida Davlatimiz bayrog‘i qabul qilinganligining 32-yilligi munosabati bilan miting tashkil qilindi.

Erta tongdan talaba yoshlar va professor-o‘qituvchilar birgalikda bayrog‘imizni boshlari uzra ko‘targancha institutga kirib keldilar. Bayrog‘imizni ko‘klarga ko‘tarish uchun davlat madhiyasi ijro qilindi. Institut rektori Sh.Hasanov boshchiligida bayrog'imiz yuqoriga ko‘tarildi. Shundan so‘ng xalqimiz orasida bayramona kayfiyat ulashish maqsadida maxsus “Bayroq” avtokarvoni saf tortib shaharchamiz ko‘chalari bo‘ylab harakatlandi.