Yaponiyaning JDS loyihasi tomonidan Respublika, vazirlik va idoralar tarmoqlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimlar va mutaxassislarni 2024-2026 yillar davomida Yaponiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida magistratura bosqichida grant asosida tahsil olishlari uchun tanlov e’lon qilindi. Jo‘natmalar soni har yiliga 18 tani tashkil etadi. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat etishingizni so‘raymiz.
Tanlovda ishtirok etish uchun talablar:
FUQAROLIK : O'zbekiston Respublikasi;
YOSHI: 1-aprel 2024-yil sanasiga qirq(40) yoshdan katta bulmagan (tug‘ilgan
sanasi 1983-yil apreldan oldin);
ISH JOYI: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti
ISH TAJRIBASI: 2 yil va undan ortiq (to‘la ish vaqt asosida, 17.10.2023 holatiga);
MA’LUMOTI: Oliy (bakalavr diplomiga ega nomzodlar);
INGLIZ TILI BO’YICHA BILIMI: Magistraturada o‘qish uchun yetarlik darajada/ yozma va og‘zaki ingliz tilini yaxshi bilishi/ IELTS 5.5 / TOEFL 500-550 (majburiy emas)
QUYIDAGI BANDLAR OSTIDA QOLGAN SHAXS ARIZA BERISH HUQUQIGA EGA EMAS:
Hozirda taqdirlangan yoki boshqa stipendiya olish rejalashtirilganlar;
Xorijiy davlatda istalgan turdagi stipendiya asosida yoki o‘z mablag‘lari hisobidan bakalavr, magistratura yoki undan yuqori darajani olganlar;
Harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatchilar ro‘yxatidan o‘tgan harbiy xizmatchilar, shuningdek, faol ro‘yxatdan vaqtinchalik ta'tilda bo‘lgan xodimlar;
Vaqtinchalik ish bilan band bo‘lganlar.
Shunigdek, ariza hujjatlarini qanday tayyorlash haqida JDS loyihasi tomonidan rag‘batlantiruvchi seminarlar tashkil etiladi:
Onlayn seminar jadvali:
29 avgust (seshanba) 15:00-16:30
31 avgust (payshanba) 11:00-12:30
19 sentyabr (seshanba) 15:00-16:30
21 sentyabr (payshanba) 11:00-12:30
26 sentyabr (seshanba) 15:00-16:30
28 sentyabr (payshanba) 11:00-12:30
3 oktyabr (seshanba) 15:00-16:30
5 oktyabr (payshanba) 11:00-12:30
https://zoom.us/meeting/register/tJUpfu-vqDgoGtNZfhhplv-lCRtVjsF7zLhP
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar joriy yilning 1-oktabr sanasiga qadar Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat etishingiz so‘raladi;
Barcha tanlov xarajatlari JDS loyihasi tomonidan qoplanadi.
