Search

E'lon

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalari iqtidorli talabalari o‘rtasida har yili an’anaviy tarzda tashkil etiladigan “Yil talabasi” tanlovining Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institut bosqichi o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.                             

Ikki bosqichda o‘tkaziladigan tanlovning oliy ta’lim muassasasi bosqichida ishtirok etishni istaganlar hujjatlarini 10-noyabrdan 20-noyabrga qadar Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bolimiga topshirishi soraladi.     

Ushbu tanlovda goliblar quyidagi 7 ta nominatsiya boʻyicha aniqlanadi:
– “Yilning oʻz mutaxassisligi boʻyicha eng bilimdon talabasi”;
– “
Yilning eng faol targʻibotchi talabasi”;
– “
Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”;
– “
Yilning eng faol sportchi talabasi”;
– “
Yilning eng faol iqtidorli talabasi”;
– “
Yilning eng faol ijodkor talabasi”;
– “
Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun)”.

Ushbu institut bosqichda nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib va sovrindor bo‘lganlar oliy ta’lim muassasasining darajali diplomlari va tegishli ravishda l-o‘rin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining 8 barobari miqdorida, 2-o‘rin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining 6 barobari miqdorida va 3-o‘rin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining 4 barobari miqdorida moddiy rag‘batlantiriladi.                  Tanlovning respublika bosqichi joriy yilning dekabr oyida o‘tkaziladi hamda unda g‘olib va sovrindor bo‘lganlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining diplomi, maxsus statuetka va  bazaviy hisoblash miqdorining 15 (1-o‘rin), 10 (2-o‘rin), 8 (3-o‘rin) barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

 doc xls