Search

Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash sektori

 

 

Botirov Alisher Erkinovich

Sektor boshlig‘i

Aloqa uchun

Ish vaqti: Dushanba - Juma, 9:00 –17:00

Telefon: +99890 657 09 87

Email: botirov_a@samaguni.uz

Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, Dahbed qo‘rg‘oni, A.Temur ko‘chasi 7, 141001

Bino: Bosh bino, 4-qavat, 187-xona

BO‘LIM XODIMLARI

 

 

Yoqubov Musaxon Norxo‘ja o‘g‘li

Sektor muhandisi

 

Aloqa uchun

Ish vaqti: Dushanba - Juma, 9:00 –17:00

Telefon: +99891 317 92 12

Email: musaxonyoqubov@gmail.com

Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, Dahbed qo‘rg‘oni, A.Temur ko‘chasi 7, 141001

Bino: Bosh bino, 4-qavat, 187-xona

Sektor haqida

Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bu oliy ta’limning keyingi ta’lim bosqichi hisoblanib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-4456-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy o'quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012 yil 28 dekabrdagi 365-sonli, hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 19 avgustdagi “Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PQ-4421-sonli Qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2020 yil 16-sentyabrdagi 556-sonli Qarorlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Sektorning asosiy maqsadi

Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash Sektorning asosiy maqsadi tanlangan ixtisoslik bo‘yicha nazariy bilimlarni chuqurlashtirish uchun doktorantlarga kerakli shart-sharoitlarni ta’minlash va doktorantlarning shaxsiy ishlarini to‘g‘ri rasmiylashtirishdan iborat.

Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash sektorining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi faoliyatiga tegishli TDAU SF buyruqlari bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini tayanch doktarantura va doktaranturada ta’lim oluvchilarga yetkazib borish;
  • Professor-o‘qituvchilar va tadqiqoqtchilarning ilmiy salohiyatlarini oshirib borish bo‘yicha muntazam tarvig‘ot ishlarini olib borish;
  • Innovatsion ishlanmalarni joriy qilishni nazorat qilish;
  • Xo‘jalik shartnomalari asosida bajarilayotgan ishlar manitoringini olib borish;
  • Professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilarning xalqaro miqyosdagi ishlarini, ularning h-indeksi va iqtibosliklarini oshirib borish manitoringini olib borish;
  • Filialda fundamental, amaliy, innovatsion va startup loyihalari tanlovlariga professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilarni ishtirok etishi va ularni bajarilishi manitoringini olib borish;     
  • Sektorning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
  • Sektorning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
  • Tayanch doktarantura va doktaranturada ta’lim oluvchilarga joy ajratish haqida loyiha tayyorlash va vazirlikka yuborish;
  • Tayanch doktarantura va doktaranturada ta’lim oluvchilarni qabul qilishni tashkil qilish;
  • Respublika gazetalariga tayanch doktarantura va doktaranturada ta’lim oluvchilarga ajratilgan joylar haqida e’lon berish;
  • Kirish imtihonlarini qabul qilish komissiyalari haqida buyruq tayyorlash;
  • Tayanch doktarantura va doktaranturada ta’lim oluvchi nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish;
  • Tayanch doktarantura va doktarantura kirish imtihonlarini qabul qilishni tashkil qilish;
  • Tayanch doktarantura va doktaranturada ta’lim oluvchilarni qabul qilish bo’yicha buyruqlar tayyorlash;
  • Qabul qilingan tayanch doktarantura va doktaranturada ta’lim oluvchilar uchun nomzodlik imtihonlari falsafa, milliy istiqlol g’oyasi va fan metodologiyasi, informasion texnologiyalar asoslari va chet tillari bo’yicha kurslar tashkil qilish;
  • Tayanch doktarantura va doktaranturada ta’lim oluvchilarning mavzusini va shaxsiy ish rejasini tasdiqlash;
  • Tayanch doktarantura va doktaranturada ta’lim oluvchilarni fan va texnologiyalar markazi tomonidan e’lon qilingan grantlar tanlovida ishtirokini ta’minlash;
  • Tayanch doktarantura va doktaranturada ta’lim oluvchilarning ilmiy anjumanini o’tkazish va to’plamini chop etish;
  • Magistrlarni tayanch doktarantura va doktaranturaga qabul qilish bo‘yicha zaruriy tashkiliy ishlarni amalga oshirish;
  • Respublika va xalqaro konferensiya, simpoziumlar haqidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida tayanch doktarantura va doktaranturada ta’lim oluvchilarga yetkazish;
  • Attestasiya natijalari bo‘yicha universitet Ilmiy kengashida hisobot berish;
  • Ilmiy-texnikaviy kengash yig‘ilishlarida tayanch doktarantura va doktaranturada ta’lim oluvchilarga dissertasiya ishlarining holati haqida ilmiy rahbar, kafedra mudiri va dekan axborotlarini muhokama qilish;
  • Nomzodlik imtihonlarini o‘tkazish haqida buyruq tayyorlash va OAKga yuborish;
  • Nomzodlik imtihonlarining sessiyasini o‘tkazish va OAKga hisobot berish;
  • Tayanch doktarantura va doktaranturada ta’lim oluvchilar bo‘yicha hisobotini tayyorlash va statistik boshqarmaga taqdim etish;
  • Innovasion yarmarkalarda tayanch doktarantura va doktaranturada ta’lim oluvchilar ishtirokini ta’minlash;

Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash sektori boshlig‘i va xodimlari o‘z ishlarida quyidagi xujjatlarga amal qiladilar:

  • Amaldagi qonunchilikka (shaxsiy ishlarini qabul qilishda va rasmiylashtirishda);
  • O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi qaror va farmoyishlariga;
  • Aspirantura va doktoranturaga qabul qilish bo‘yicha asosiy qoidalariga;
  • TDAU SF nizomiga.

1st International Forum on Bioeconomy for Sustainable evelopment of Countries and Regions (IFBSDCR)-(Yuklab olish)

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filialida 2022 yil 5-6 oktabr kunlari "O'zbekistonda agrar sohani innovatsion rivojlantirishning ilmiy-amaliy asoslari" mavzusida o'tkazilgan Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi uchun qabul qilingan maqolalar to'plami OAK va Google Scholar bazasida indekslangan "Academic Research in Educational Science" Jurnalida online e'lon qilindi. Ushbu havola orqali yuklab olishlaringiz mumkin. To'plamning yuqori sifatli pdf shaklini -(Yuklab olish) https://www.ares.uz/uz/jurnallar-sahifasi/theoretical-and-practical-prin...  ushbu havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

23.06.2023

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filialida 2023 yil 12-13 may kunlari O‘zbekistonda aqlli qishloq xo‘jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari mavzusida o'tkazilgan Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi uchun qabul qilingan maqolalar to'plami OAK va Google Scholar bazasida indekslangan "Academic Research in Educational Science" Jurnalida online e'lon qilindi. Ushbu havola orqali yuklab olishlaringiz mumkin. To'plamning yuqori sifatli pdf shaklini SamAGUni Conference Proceedings  yuklab olishingiz mumkin