Bugun Germaniyaning Rostok universiteti professorlari Bettina Eichler-Löbermann va Stefan Porembskilar institut faoliyati bilan tanishish hamda istiqbolda ta’lim va ilmiy sohada o‘zaro hamkorlik qilish hamda xalqaro loyihalarda ishtirok etish maqsadida tashrif buyurdi.
Rostok universitetidan kelgan vakillarini institut rektori Shavkat Hasanov boshchiligida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Bobur Eshonkulov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Xusniddin Pardayev va Iqtisodiyot va biznes kafedrasi mudiri Sherzod Babaxolovlar birgalikda kutib oldi.
Uchrashuvda tomonlar o‘zlarining faoliyati hamda o‘quv va ilmiy faoliyati bilan bir-birini tanishtirdi. Suhbatda, tomonlar o‘zlarining faoliyati bilan bog‘liq, qishloq xo‘jaligida kadrlar tayyorlashning bugundi kundagi holati, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar, agrar soha fanlaridagi yangiliklar hamda ta’lim sohasidagi zamonaviy texnologiyalarning qo‘llanilishi tog‘risida ma’lumot almashdi. Rostok universiteti vakillariga filialda bajarilayotgan ilmiy-amaliy loyihalar hamda agro xizmatlar markazi va “Fermerlar maktabi” bilan birgalikda fan va ishlab chiqarish integratsiya bilan bog‘liq ma’lumotlar berildi.
Uchrashuv yakunida, tomonlar kelishuviga binoan ta’lim va ilmiy sohalarda o‘zaro hamkorlikni o‘rnatish, professor-o‘qituvchilar almashinuvi va malaka oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish hamda talabalar mobilligini ikki tomonlama amalga oshirish rejalashtirildi. Bundan tashqari, hamkorlikda qishloq xo‘jaligidagi muammolar ustida ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish, yuqori bo‘lgan xalqaro ilmiy jurnallarda ilmiy tadqiqotlar natijalarini chop qilishga kelishib olindi.
Uchrashuvdan foto lavhalar: