Institutda “Xalqaro talabalar kuni”munosabati bilan “Talabalik orzularim ro‘yobi”shiori asosida 13-17-noyabr kunlari “Yoshlar haftaligi”o‘tkazilayotganidan xabaringiz bor.
Haftalik doirasida bugun talabalar o‘rtasida “TALANT SHOU” ko‘ngilochar madaniy dasturi bo‘lib o‘tdi. Unda 20 nafardan ortiq talaba qo‘shiq, raqs, cholg‘u asboblarida ishlash (cholg‘uchilik), she’r aytish va taqlid san’ati bo‘yicha o‘z iqtidorlarini namoyish etishdi.
“TALANT ShOU”da turli nominatsiyalar bo‘yicha ishtirok etgan talabalarning chiqishlari barchaga manzur bo‘ldi. Tadbirda faol ishtirok etgan talantli talabalarga esdalik sovg‘alari berildi.