Institutda besh muhim tashabbus doirasida va mamlakatimizda yoshlarning ijtimoiy-ma’naviy bilimlarini yanada mustahkamlash va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni mamlakatimiz ijtimoiy hayotida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati yuzasidan yaqindan tanishtirish, iste’dodli yoshlarni aniqlash, jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirish hamda yoshlarni Vatanimiz, xalqimiz, milliy qadriyatlarimiz, tarixiy-ma’naviy me’rosimizga hurmat va sadoqatli qilib tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ijodiy salohiyati va o‘z iste’dodlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovining “REKTOR” kubogi o‘tkazildi.
Bunda Agrobiologiya fakultetining “Agrolife”, “Dekanat bolalari” va Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetining “SamAGRO”, jamoalari 2 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir yakuniga ko‘ra Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetining “SamAGRO” jamoasi “Eng quvnoq va eng zukko” deb topilib, birinchilikni qo‘lga kiritdi.