Search

INSTITUTIMIZ YOSH OLIMLARI VA IQTIDORLI TALABALARI TOMONIDAN ISHLAB CHIQILGAN STARTAP LOYIHALAR TADBIRKORLAR VA EKSPERTLAR NIGOHIDA

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan “Oʻz ehtiyojlari va muammolari yechimiga qaratilgan “Tubdan yangilovchi” innovatsiyalarga sarmoya kiritish koʻnikmalarini shakllantirish” mavzusida ilmiy-amaliy seminar oʻtkazildi.

Ilmiy-amaliy seminarda Samarqand viloyatining mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tarmoq tashkilotining mas’ul xodimlari, oliy ta’lim muassasalari prorektor va  innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar va institutimiz yosh olimlari ishtirok etishdi.

Ilmiy-amaliy seminarda 2022-2026-yillarda Innovatsion rivojlanish strategiyasining mazmun-mohiyati, istiqboldagi vazifalar, ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan ilmiy loyihalar tanlovi, loyihalarni shakllantirish va moliyalashtirish tartibi, startap loyihalar, ularni shakllantirish va moliyalashtirishga oid muammo va takliflar oʻrganildi, ularning yechimi boʻyicha aniq koʻrsatmalar berildi.

Shu oʻrinda, seminarda institutimiz yosh olimlari va iqtidorli talabalari tomonidan ishlab chiqilgan 5 dan ortiq innovatsion, startap loyihalar  taqdimoti oʻtkazildi va loyihalarni moliyalashtirish borasida aniq tavsiya va koʻrsatmalar berildi.