Search

JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING MUROJAATLARI BILAN ISHLASH, NAZORAT VA MONITORING SEKTORI

JISMONIY  VA YURIDIK SHAXSLARNING MUROJAATLARI BILAN ISHLASH, NAZORAT VA MONITORING SEKTORI

LUKOVA IRODA MAMADALIYEVNA

Lavozimi

Sektor boshlig‘i

Ilmiy darajasi

Yoq

Ilmiy unvoni

Yoq

Qabul kunlari

Dushanba-juma, soat 9:00 dan 17:00 ga qadar.

Manzil

Samarqand vil. Oqdaryo tumani Dahbed qo‘rg‘oni, A.Temur ko’chasi 7-uy

Telefon

(+99891) 525-63-49

Fax

(+99866) 492 81 17

E-mail

irodalukova07@gmail.com

Vazifalari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida berilgan vazifalarning ijrosini belgilangan muddatlarda sifatli taʼminlanishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashrifi davomida oʻtkazilgan majlis bayonlarida Filialga yuklatilgan vazifalar ijrosining belgilangan muddatlarda sifatli taʼminlanishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;

yuqori tashkilotlardan kelib tushgan (buyruqlar, qoʻshma qaror, topshiriqlar, xatlar va h.k.)da yuklatilgan topshiriqlar ijrosi boʻyicha tizimli nazoratni yuritadi hamda Kengash yigʻilishlarida axborot berib boradi;

Filial direktori buyruqlarining boʻlimlar, huzuridagi texnikumlar, fakultetlar, kafedralar tomonidan belgilangan muddatlarda sifatli bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi hamda ijro nazoratini tashkil etishda metodik rahbarlik qiladi;

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi buyruqlari, Hayʼat qarorlari ijrosi boʻyicha filialda bajarilgan ishlarni nazorat qiladi hamda umumlashtirilgan maʼlumotlar boʻyicha hisobotni har oyda, har chorakda vazirlikka  kiritib boradi;

Filialning barcha boʻlimlarida belgilangan tartibda ish yuritishni tashkil etadi va nazoratini olib boradi;

Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida»gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi «Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy Nizomni tasdiqlash haqida”gi 341-sonli qarori talablaridan kelib chiqqan holda, Filial boʻlimlari, huzuridagi texnikumlar, fakultetlar, kafedralar tomonidan murojaatlar oʻz vaqtida va zarur tarzda koʻrib chiqilishini doimiy nazorat qiladi va monitoringini olib boradi;

jismoniy va yuridik shaxslardan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Virtual qabulxonalari, vazirlik hamda tegishliligi boʻyicha boshqa tashkilotlar orqali kelgan murojaatlarni (ariza, shikoyat, taklif) belgilangan tartibda va muddatda roʻyxatga olish va mazmunan oʻrgangan holda ijrochiga yetkazishni taʼminlaydi;

Filial rahbariyati tomonidan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari bilan sayyor qabullarni oʻtkazish jadvalini ishlab chiqadi hamda ushbu jadval asosida sayyor qabullarni tashkil etilishini muvofiqlashtiradi;

Filialga kelib tushayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish holati boʻyicha haftalik, oylik, choraklik, yillik tahlillarni yuritadi hamda Kengash yigʻilishlarida axborot berib boradi;

Filialga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi yuzasidan tahliliy axborot tayyorlaydi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga har chorak yakunlari boʻyicha hisobotlar taqdim etib boradi.