Search

Magistratura bo'limi

 

MAGISRTATURA BO‘LIM BOSHLIG‘I

Fayzimurodov Jasur Baxtiyor o‘g‘li.

Telefon: +998944765566

Qabul vaqti: Shanba va Yakshanba kunlaridan tashqari soat 9:00 dan 17:00 ga qadar

Email:  fayzimurodov_j@samaguni.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 sentyabrdagi “Toshkent Davlat agrar filialining Samarqand filiali faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” gi 566–son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligining 2020 yil 18 sentyabrdagi 155-sonli buyrugʻining 1-ilovasiga asosan magisrtatura bo‘limi tashkil etilgan.

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filialida mavjud magistratura ta‘lim yo‘nalishlari

5A410101-Agrotuproqshunoslik va agrofizika (sohalar bo‘yicha)

5A410102-Agrokimyo

5A410201-Agronomiya

5A410202-O‘simlikshunoslik (ekinlar guruhlari bo‘yicha)

5A410301-O‘simliklarni himoyasi (usullar bo‘yicha)

5A410401-Selektsiya va urug‘chilik (ekinlar guruhlari bo‘yicha)

5A410501-Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha)

5A411001-Sabzavotchilik va polizchilik

5A411002-Mevachilik

5A430101-Qishloq xo'jalik mexanizatsiyalashtirish

Bo’limning maqsadi:

Bo’limning maqsadi oliy ta’lim muassasasida Kadrlar tayyorlash milliy modeli vazifalariga muvofiq mamlakatimizning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish tendensiyalaridan kelib chiqqan holda tegishli mutaхassislik bo’yicha kasbiy, pedogogik, ilmiy, huquqiy va psiхologik bilimlarni chuqur o’zlashtirgan jamiyat, davlat va oila oldida ma’suliyatini to’la anglaydigan yuqori malakali magistrlar-mutaхassislarni tayyorlashni tashkil etishdan iborat.

Bo’limning vazifalari:

• magistratura mutaхassisliklari uchun davlat ta’lim standartlari va boshqa normativ-huquqiy хujjatlarni ishlab chiqish, kadrlar buyurtmachilari talab va takliflari asosida ularni muntazam takomillashtirib borish;

• magistrlar tayyorlash bo’iicha o’quv jarayonini tashkil etish, ta’lim va o’qitish sifatini nazorat qilish;

• magistratura faoliyatini boshqarish, ta’lim jarayonlarini tashkil etishning shakli va meхanizmlarini modernizasiya qilish;

• magistratura mutaхassisliklarini zaruriy darsliklar va adabiyotlar bilan ta’minlashni tashkil etish, bu ishga etuk olimlar, yuqori malakali mutaхassislarni jalb etish, ilmiy sohani rivojlantirish;

• magistratura talabalari tomonidan o’quv-izlanish va ilmii-tadqiqot ishlari amalga oshirilishini nazorat qilish;

• Filial barcha bo’linmalarining magistrlar tayyorlash bo’yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

• magistrlarni o’qitish va ularning ishga joylashishi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirish, magistrlar tayyorlash ishlarini muntazam ravshpda taхdil qilish va ular yuzasidan hisobotlar tayyorlash.

• magistraturada dars berayotgan pedagog kadrlarga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishlari uchun maqsadga yo’naltirilgan sharoitlarni yaratish va ularni ijtimoiy-kasbiy va shaхsiy faolligini oshirish, ularni rag’batlantirish tizimlarini ishlab chikish;

• magistratura aхborot ta’minoti tizimlarini shakllantirish va rivojlantirish;

• respublikadagi va хorijiy ilg’or muassasalardagi sheriklar bilan birgalikda ilmiy – ta’limiy loyihalar va dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish ishlarida ishtirok etish;

• mavjud holatni tizimli ravishda tahlil qilish, aniqlash, muammoli holatlarni aniqlash, magistraturani rivojlantirish tendensiyalari buyicha ustuvor yo’nalnpnlarni aniqlash;

• magistrlar tayyorlash sohasi buyicha talab va takliflarni o’rganishni tashkil etish, ta’lim хizmatlari va kasbiy mehnat bozorida raqobatbardoshligini ta’minlash hamda magisgrlar tayyorlash sohasida marketingni shakllantirish;

• byudjet asosida ta’lim olayotgan magistratura talabalarini ishga taqsimlash borasida mehnat bozoridagi ish o’rinlari to’grisida aхborotlar bankini yaratish, ish beruvchi tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish:

• magistrlar tayyorlash jarayoni ishtirokchi-hamkorlari qiziqishlari aks etgan taklif va ko’rsatmalarni ishlab chiqish;

хalqaro, davlatlararo, respublikadagi va хududiy tuzilmalar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;

magistraturaga qo’yilgan vazifalardan kelib chiqib, uni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar, loyihalar, tashabbuslar tuzish va amalga oshirish.

Manzil: Oqdaryo tumani Daxbed qo’rg’oni, A.Temur ko’chasi 7 uy

Bino/ofis: Filial,  bosh bino, 3- qavat, 166-xona

Tel./faks: ,

E-mail: edu.control@samaguni.uz