Search

Monitoring va ichki nazorat sektori

 

Monitoring va ichki nazorat sektori

Sektor uslubchisi

Lukova Iroda Mamadalievna.

Telefon: +998915256349

Qabul vaqti: Shanba va Yakshanba kunlaridan tashqari soat 9:00 dan 17:00 ga qadar

Email: irodalukova07@gmail.com

 

Sektor haqida

Monitoring va ichki nazorat bo‘limi o‘z ish faoliyatini «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunlarga va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi qonunlarga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 12-sonli qaroriga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2001 yil 29 avgustdagi 207-sonli «Oliy ta’lim muassasasi ichki nazorat va kadrlar tayyorlash milliy dasturini ruyobga chiqarishning monitoringini amalga oshirish to‘g‘risida»gi buyrug‘iga hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2009 yil 28 avgustdagi 11-10-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, ularning tarkibiy va xududiy bo‘linmalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish hamda ijro intizomining ahvoli monitoringini olib borish Tartibi” to‘g‘risidagi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2004 yil 18 noyabrdagi 272-sonli «Oliy ta’lim muassasalarida ijro intizomini yanada mustahkamlash, hujjatlar, fuqarolarning yozma va og‘zaki murojaatlari bilan ishlashni takomillashtirish to‘g‘risida»gi buyrug‘iga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2005 yil 4 martdagi 2/3-sonli «Oliy ta’lim muassasalarida 2004 yildagi Vazirlik hay’ati qarorlarining ijrosi to‘g‘risida»gi hay’at qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining 2009 yil 2 noyabrdagi 49-sonli bayoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2009 yil 6 noyabrdagi 02-1-113-sonli topshiriqlari talablariga amal qilgan holda olib boradi.

Monitoring va ichki nazorat sektorining asosiy maqsadi

- Filialda O‘zbekiston Respublikasining Oliy ta’limga tegishli qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Qishloq ho‘jaligi vazirligining hay’at yig‘ilishi qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xatlari, modemogrammalarini, shuningdek filial Kengash qarorlari, Filial direktori buyruqlarining bajarilishini nazorat qilish va monitoringini olib borish.

- O‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, kadrlar malakasini oshirish, mehnat va ijro intizomi hamda kadrlar tayyorlash sifatining monitoringini olib borish va nazoratini tashkil qilish.

- Professor-o‘qituvchilar tarkibi, filial kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash sifatining ichki nazoratini tashkil etish.

Monitoring va ichki nazorat sektorining asosiy vazifalari.

- Yuqori organlarning qaror va buyruqlari hamda ilmiy kengashning qarorlari va direktorning buyruqlarini ijrosini ta’minlash tizimini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.

- Filialda ta’lim standartlarini monitoringini tashkil qilish masalalari bo‘yicha amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatadi.

- Filialda ta’limning holati va rivojlanishi haqida ma’lumotlar bankini tashkil qiladi va tartibga solib turadi.

- Oliy ta’limni boshqarish organlari (Vazirliklar, Rektor, Kengash)ga ta’limni isloh qilish va takomillashtirish bo‘yicha tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi.

- Filial bo‘limlari va fakultetlar bo‘yicha ijrochilik faoliyatini tahlil qilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatadi.

- Professor-o‘qituvchilarning faoliyatini baholashda reyting usulini tadbiq etilishini nazoratini amalga oshiradi.

- Filial bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasidan tushgan fuqaro murojaatlari ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Oliy Majlis xujjatlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, Prezident devoni va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari, Oliy va o‘rta mahsus ta’lim va Qishloq xo‘jaligi vazirliklari Hay’at qarorlari, Apparat yig‘ilishi bayonnomalari, buyruqlari va farmoyishlari, ko‘rsatmalari, viloyat va shahar hokimliklari, boshqa tashkilot va idoralardan kelgan hujjatlarning hamda fuqarolar murojaatlarini bajarilishini belgilangan muddatlarda  sifatli taqdim etilishini ta’minlaydi.

- Fuqarolardan tushgan ariza va shikoyat xatlarni qayd qilinishini nazorat qiladi va ularning mas’ul xodimlar tomonidan bajarilishini tekshirishni amalga oshiradi.

- Takliflar, kamchiliklar va muammolarni bartaraf va hal qilish bo‘yicha aniq fikrlarni Filial direktoriga taqdim etadi.

Manzil: Oqdaryo tumani Daxbed qo’rg’oni,  A.Temur ko’chasi 7 uy

Bino/ofis: Filial,  boshbino, 2- qavat, 131-xona

Tel./faks: ,

E-mail: edu.control@samaguni.uz