Search

Raqamli texnologiyalar va buxgalteriya hisobi kafedrasi

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA BUXGALTERIYA HISOBI

AKBAROV HUSAN O‘ZBEKXONOVICH

Lavozimi

Kafedra mudiri

Ilmiy darajasi

Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha  falsafa doktori, PhD

Ilmiy unvoni

-

Qabul kunlari

Dushanba-Juma

Manzil

Samarqand vil. Oqdaryo tumani Dahbed qo‘rg‘oni, A.Temur ko’chasi 7-uy

Telefon

(+99891) 601-28-14

Fax

(+99866) 492 81 17

E-mail

akbarovhusan@gmail.com

Vazifalari

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Agrar sohada ilm-fan, ta'lim va ishlab chiqarishni intigratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qo'shimcha chora tadbirlari to'g'risidagi 2023-yil 7-iyuldagi PQ-216-sonli qarori  asosida, O'zbekiston Respublikasi Vazirligining 2023-yil 3-iyul 139-sonli buyrug'iga asosan "Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutini tashkil etish to'g'risida" gi va Oliy va o'rta ta'lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan Oliy o'quv yurtlari to'g'risidagi namunaviy nizom asosida Raqamli texnologiyalar va buxgalteriya hisobi kafedrasi tashkil etilgan.

Kafedra Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti tarkibiy bo'linmasi hisoblanadi. Kafedrada bir yoki bir necha turdosh fanlar: Axborot tizimlari, dasturlash, raqamli texnologiyalr hamda buxgalteriya hisobi kabi qator fanlar bo'yicha o'quv, uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari, shuningdek ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash hamda tashkiliy, ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi.

Bugungi kunda kafedrada jami 18 ta ya’ni: 1 nafar professor, 4 nafar fan nomzodi va katta o’qituvchilar, 8 nafar assistant hamda 5 nafar o'qituvchi-stajyorlar faoliyat olib bormoqda.  Hozirgi vaqtda kafedra jamoasini Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, Akbarov Husan O‘zbekxonovich boshqarib kelmoqda.

Kafedraning asosiy faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

-rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash;

-kafedra yo'nalishlari va mutaxassisliklari bo'yicha davlat ta'lim standartlari, o'quv rejalari va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta'lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish va takomillashtirish;

-kafedra fanlari bo'yicha o'quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun taqdim etish, shuningdek turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o'quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;

-darslik, o'quv, uslubiy va ko'rgazmali qo'llanmalar tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, o'quv qo'llanma va o'quv-uslubiy adabiyotlar, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilgan adabiyotlarga xulosalar tuzish;

-o'quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab ajralmagan hollarda) bo'yicha oliy ta'limning davlat ta'lim standartlariga muvofiq tuzilgan o'quv rejalaridagi fanlar bo'yicha belgilangan mashg'ulot turlarini yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o'tkazish, ta'lim sifatini ta'minlash;

-talabalarning malakaviy amaliyoti, kurs loyihalari (ishlari), bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertasiyalariga, shuningdek mustaqil ishlari va ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;

-talabalar bilimining reyting nazoratini joriy etish, talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo'yicha tadbirlar o'tkazish;

-iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, olimpiada va tanlovlarda, shu jumladan nomdor stipendiya tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil ishlash shakl va uslublarini takomillashtirish bo'yicha choralar ko'rish;

-talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo'lib bajarishga o'rgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro'yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratish;

-tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish, nashr etishga tavsiya berish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, ta'lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta'minlash;

-zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug'ullanishni boshlagan yosh o'qituvchilarga pedagogik malaka va ko'nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, o'quv mashg'ulotlarida zamonaviy o'quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o'qitish va mustaqil ta'lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo'lga qo'yish, o'qitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jixozlangan maxsus o'quv auditoriyalarida tashkil qilish, masofali o'qitish elementlarini rivojlantirish;

-ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo'yicha nomzodlik va doktorlik dissertasiyalarni ilmiy seminarlarda muhokama qilish, ta'lim hujjatlarining me'yor talablariga javob berishini belgilash bo'yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;

-byudjetdan tashqari mablag'larni jalb etish, shuningdek, ilmiy- texnikaviy yordam ko'rsatish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va boshqa xo'jaliklar bilan aloqa o'rnatish;

-oliy ta'lim muassasasi bitiruvchilari hamda mazkur kafedrada stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi va katta ilmiy xodim-izlanuvchi bo'lganlar bilan muntazam aloqalarni tashkil etish, bitiruvchilar monitoringini olib borish;

-xorijiy ta'lim muassasalari bilan ta'lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;

-kafedrada o'qitiladigan fanlardan laboratoriya ishlarini to'liq va sifatli o'tkazilishini ta'minlash, hamda kafedra laboratoriyalarini zamonaviy uskuna va qurilmalar bilan jihozlanishiga xomiylarni keng jalb etish;

-institut axborot-resurs markazini kafedra ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi o'quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to'ldirib borish va yangilanishini doimiy nazorot qilish.

  Kafedraning ilmiy uslubiy faoliyati

  • Kafedrada kerakli barcha materialar, majmualar, monografiya va hujjatlar tayyorlanib, elektron va chop etilgan shakllari yuritilmoqda hamda HEMIS tizimiga joylashtirilgan. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan milliy hamda xorijiy jurnallar va anjumanlarda maqolalar chop etilib kelinmoqda.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

T/r

Fan nomi

1

Amaliy matematika 1,2

2

Amaliy matematika

3

Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar

4

Matematika 1

5

Matematika 2

6

Boshqaruv hisobiga kirish

7

Buxgalteriya hisobiga kirish

8

Oliy matematika

9

Dasturlash nazariyasi

10

Axborot texnologiyalarga kirish

11

Qishloq xo‘jaligida axborot-kommunikatsion texnologiyalar

12

Sohada axborot kommunikatsiya texnologiyalari

13

Axborot-kommunikatsion texnologiyalar

14

Statistika

15

Raqamli iqtisodiyot

16

Moliya

17

Moliyaviy hisob asoslari

18

Boshqaruv hisobi

19

Buxalteriya hisobining kompyuter tizmi

20

Dasturiy injiniring

21

Matematik modellashtirish va sonli usullar

22

Maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimlari

23

Axborot tizimlari

24

Kompyuter tarmoqlari va tarmoq texnologiyalari

25

Buyumlar interneti

26

Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika

27

Turizmni raqamlashtirish

28

Buxgalterya hisobi va soliqqa tortish

29

Buxgalteriya hisobi va audit

30

Pul va banklar

31

Soliqlar va soliqqa tortish

32

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari

33

Tannarx kalkulyatsiyasi (t.f)

34

Investitsiyalar

35

Axborot texnologiyalari va jarayonlarini matematik modellashtirish

36

Axborot tizimlari va mexmonxona boshqaruvi (t.f)

37

Ishlab chiqarish-texnologik amaliyot

38

Sugʻurta ishi

39

Biznesda buxgalteriya (qishloq xo'jaligida)

40

Qishloq xoʻjaligida rejalashtirish va bashoratlash

41

Qishloq xoʻjaligini raqamlashtirish

42

Raqamli texnologiyalar va axborot xavfsizligi 

43

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari-2

44

Operativ va strategik boshqaruv hisobi

45

Amaliy audit

46

Moliyaviy hisobot tahlili

47

Balansshunoslik

48

Soliqlar va soliqqa tortish-2

49

Taʼlimning zamonaviy pedagogik texnologiyalari, (t.f.)

Kafedra jamoasi

Kafedra professor-o‘qituvchilarning F.I.Sh.

Lavozimi

1

Akbarov Husan O’zbekxonovich

Kafedra mudiri, PhD

2

 Urazov Komil Baxramovich

i.f.d., professor

3

Xurramov Abdumajid Molikovich

Katta o’qituvchi, PhD

4

Sanayev G’olib Nurillayevich

Katta o’qituvchi i.f.n.

5

Taylakov Umid Kuvondikovich

Katta o’qituvchi, PhD

6

Begaliyev Fayzali Umaraliyevich

assistent

7

Xamroyev Yoqubjon Xayitboyevich

assistent

8

Oblomurodov Elmurod Begmurod o’g’li

assistent

9

Najimova Nigora Ibragimovna

assistent

10

Maxmudov Jasurbek Ergashevich

assistent

11

Jalilov Shoxrux Zafar o’g’li

assistent

12

Egamberdiyeva Feruza Abdimannonovna

assistent

13

Ochilov Shavkat

assistent

14

Razzoqov Abbos Abdumalik

O'qituvchi-stajyor

15

Abduraxmonov Fazliddin Eshmamatovic

O'qituvchi-stajyor

16

Sayfiyev Sayod Sayomidinovich

O'qituvchi-stajyor

17

Bahriyev Muhiddin

O'qituvchi-stajyor

18

Abdullayev Ahror

O'qituvchi-stajyor

19

Qurbanboyev Suroj Qahramon o‘g‘li

Kabinet  mudiri