Search

O‘simlikshunoslik va meva-sabzavotchilik kafedrasi

O‘SIMLIKSHUNOSLIK VA MEVA-SABZAVOTCHILIK

SANAYEV SOBIR TOYIROVICH

Lavozimi

Kafedra mudiri

Ilmiy darajasi

Qishloq xo’jaligi fanlari doktori

Ilmiy unvoni

Professor

Qabul kunlari

Dushanba-Juma

Manzil

Samarqand vil. Oqdaryo tumani Dahbed qo‘rg‘oni, A.Temur ko’chasi 7-uy

Telefon

(+99893) 297-00-22

Fax

(+99866) 492 81 17

E-mail

sanayev_s@samaguni.uz

Vazifalari

Kafedra O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 19-avgustdagi PQ-4421-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 sentabrdagi “Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filialini tashkil etish to‘g‘risidagi 556-sonli qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan “Oliy ta’lim muassasalari to‘g‘risida namunaviy nizomi” asosida Agrobiologiya fakulteti tarkibida tashkil etilgan. Kafedra Agrobiologiya fakultetining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Kafedrada qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi dehqonchilik, melioratsiya, yer tuzish, o‘simlikshunoslik, meva-sabzavotchilik va polizchilik, qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi, himoyalangan joy meva-sabzavotchiligi, uzumchilik sohasidagi barcha fanlar o‘qitiladi. Shuningdek, ushbu sohaga oid fanlardan o‘quv, uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari hamda ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash, tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Kafedra professor o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilari tomonidan “Respublikamizning sug‘oriladigan va lalmi tuproqlar unumdorligini oshirish, yangi navlarini tanlash va yetishtirish, urug‘chilik va o‘g‘itlash tizimini takomillashtirish, zararli organizmlardan himoya qilish, yetishtirishni yangi innovatsion resurtejamkor agrotexnologiyalarini joriy etish”  mavzusi doirasida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Latviya, Finlyandiya va O‘zbekiston o‘rtasida kafedra dotsentlari, q.x.f.f.doktori X.Xonqulov, B.Eshonqulov va A.Botirovlar ilmiy hamkorlik asosida "O'zbekistonda barqaror bioekonomiya bo'yicha yangi magistrlik o'quv dasturlari" (BioEcUz) loyihasi doirasida faoliyat olib bormoqdalar.

Bugungi kunda kafedrada jami 25 ta ya’ni: 2 nafar professor, 17 nafar dotsent va katta o’qituvchilar, 6 nafar assistentlar faoliyat olib bormoqda. Kafedrada xorijiy nufuzli oliy ta’lim muassasalarida ilmiy tadqiqotlar olib borib, yuqori xorijiy tajribaga ega bo‘lgan professor o‘qituvchilardan: kafedra dotsenti q.x.f.f.doktori B.M.Eshonqulov 2019-2020 yillarda Germaniyaning Humboltd universitetida PostDoc doktoranturadan keyingi ilmiy izlanuvchanlik dasturi bo‘yicha, katta o‘qituvchilar q.x.f.f.doktori A.E.Botirov 2018-2021 yillarda Yaponiyaning Ivate Universitetida doktoranturasida o‘qib, 2021 yilda Ivate universitetini tamomlab "Yosh olma daraxtlarini suv tanqis joylarda o'sishini yaxshilash" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib PhD ilmiy darajasini olgan, q.x.f.f.doktori A.A.Shamsiyev 2018-2019 yillarda Janubiy Koreya davlatining Kyungpuk Milliy Universitetida magistraturasi “Oziq-ovqat xavsizligi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish” ta’lim yo‘nalishida tahsil olgan. Hozirgi vaqtda kafedra jamoasini qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor v.v.b. S.T.Sanayev boshqarib kelmoqda.

 Kafedraning asosiy faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

  • rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori  malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash;

- kafedra yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha davlat ta’lim standartlari,  o‘quv rejalari  va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish va takomillashtirish;

- kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;

  • darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalar tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlar, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilgan adabiyotlarga xulosalar tuzish;
  • o‘quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarishdan ajralmagan hollarda) bo‘yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalaridagi fanlar bo‘yicha belgilangan mashg‘ulot turlarini yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish, ta’lim sifatini ta’minlash;
  • talabalar bilimining reyting nazoratini joriy etish, talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
  • iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, olimpiada va tanlovlarda ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil ishlash shakl va uslublarini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
  • talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni tadqiqotlarga jalb yetish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo‘lib bajarishga o‘rgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratish;

- tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish, nashr etishga tavsiya berish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;

- zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlangan yosh o‘qituvchilarga pedagogik malaka va ko‘nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o‘quv auditoriyalarida tashkil qilish, masofali o‘qitish elementlarini rivojlantirish;

- ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo‘yicha nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarni ilmiy seminarlarda muhokama qilish, ta’lim hujjatlarining me’yor talablariga javob berishini belgilash bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;

  • xorijiy oliy va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
  • talabalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda turli mavzular, yo‘nalishlar va ixtisosliklar, kasb-hunar turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilish, kichik korxonalarda, talabalarni darsdan bo‘sh vaqtini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
  • institut axborot-resurs markazini kafedra ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi o‘quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to‘ldirib borish va yangilanishini doimiy nazorat qilish.                                                            

   Kafedraning ilmiy uslubiy faoliyati

  • Kafedrada kerakli barcha materialar, majmualar, monografiya va hujjatlar tayyorlanib, elektron va chop etilgan shakllari yuritilmoqda hamda XEMIS tizimiga joylashtirilgan. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan milliy hamda xorijiy jurnallar va anjumanlarda maqolalar chop etilib kelinmoqda.                                                                                                        

    Kafedraning hamkorlik aloqalari

Bugungi kunda kafedra Janubiy Koreya davlatining Kyungpuk Milliy Universiteti, Yaponiyaning Ivate Universiteti, Avstriyaning Tyuven universiteti, Solomon orollari milliy universiteti, Ghana davlatining O‘simliklarni himoya qilish va tartibga solish xizmatlari boshqarmasi (Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi vazirligi), Vengriya qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlar universiteti, K.A.Timiryazev nomidagi Rossiya davlat agrar universiteti, Samarqand davlat universiteti “Agrobiotexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi” fakulteti,  bilan “Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Samarqand va Charxin ilmiy tajriba stansiyasi”, “Zarafshon Agro Zaxira” AD MChJ, “Samo Farm Servis” MChJ, “Sabzavot ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot  instituti Samarqand ilmiy tajriba stansiyasi”, “O‘simliklar himoyasi va karantini ilmiy tadqiqot instituti Samarqand filiali”, “Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasi”, “Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti Samarqand ilmiy tajriba stansiyasi”, Respublika yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi qoshidagi “SAG AGRO” MChJ “IN-VITRO” laboratoriyasi.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

T/r

Fan nomi

1

Dehqonchilik

2

Dehqonchilik va melioratsiya

3

O‘simlikshunoslik

4

Melioratsiya va yer tuzish

5

Mutaxassislikka kirish

6

Qishloq xo‘jalik yekinlari urug‘shunosligi

7

Issiqxona ekinlari urug‘chiligi va ko‘chatchiligi

8

Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi

9

Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

10

Agronomiyada ilmiy-tadqiqot uslublari

11

Zamonaviy dehqonchilik tizimlari va ularni boshqarish

12

Organik dehqonchilikda oziq-ovqat xavfsizligi (t.f.)

13

O‘simlikshunoslikda ilmiy-tadqiqot uslublari

14

Donli yekinlar biologiyasining ilmiy asoslari

15

Texnik ekinlar biologiyasining ilmiy asoslari

16

Moyli ekinlar yetishtirishda inovatsion texnologiyalar (t.f.)

17

Yem-xashak yetishtirishda innovatsion texnologiyalar (t.f.)

18

Organik dehqonchilik va oziq-ovqat xavfsizligida ilmiy-tadqiqot uslublari

19

Organik dehqonchilikda yerdan samarali foydalanish (t.f.)

20

Seleksiya, urug‘chilikda ilmiy-tadqiqot uslublari

21

Donli yekinlar seleksiyasi va urug‘chiligida noan’anaviy usullar

22

Meva-sabzavot ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligida noan’anaviy usullar

23

Meva-sabzavot ekinlari seleksiyasida Davlat nav sinovi (t.f.)

24

O‘zbekistonda seleksiya va urug‘chilikning me’yoriy huquqiy asoslari (t.f.)

25

Mevachilikda ilmiy-tadqiqot uslublari

26

Meva ekinlarini yetishtirishning intensiv texnologiyalari

27

Subtropik va sitrus ekinlarni yetishtirish texnologiyasi (t.f.)

28

Sabzavotchilikda ilmiy-tadqiqot uslublari

29

Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari bioyekologiyasi

30

Poliz ekinlarining jahon kolleksiyasi va introduksiya (t.f.)

31

Himoyalangan yer meva-sabzavotchilikda  ilmiy-tadqiqot uslublari

32

Issiqxonlarda sabzavot va poliz ekinlari bioekologiyasi

33

Issiqxonalarda poliz ekinlari yetishtirishning zamonaviy texnologiyalari (t.f.)

34

Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi

35

Amaliy xorijiy til

36

Sug‘orishning resurs tejamkor texnologiyasi

37

Donli yekinlar yetishtirishda innovatsion texnologiyalar (t.f.)

38

Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi (t.f.)

39

Texnik yekinlar yetishtirishda innovatsion texnologiyalar

40

Noan’anaviy yekinlar biologiyasi va yetishtirishning zamonaviy texnologiyasi (t.f.)

41

Seleksiya va urug‘chilikda innovatsion texnologiyalar

42

Donli ekinlar navshunosligi va nav yangilash

43

Meva-sabzavot ekinlari navshunosligi va nav yangilash

44

Tolali ekinlar genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi (t.f.)

45

Yem-xashak ekinlar seleksiyasi va urug‘chiligi (t.f.)

46

Sabzavot-poliz ekinlarining genofondi

47

Sabzavot va poliz ekinlari yetishtirishning innovatsion texnologiyasi

48

Sabzavot va poliz ekinlar ko‘chatchiligi (t.f.)

49

Meva, sabzavot va poliz ekinlarining jahon kolleksiyasi va introduksiyasi (t.f.)

50

Mevalarni saqlash va qayta ishlash texnologiyasi

51

Meva ekinlari introduksiyasi

52

Meva va rezavor meva ekinlar biologiyasi (t.f.)

53

Subtropik va sitrus mevali ekinlar yetishtirish texnologiyasi (t.f.)

54

Himoyalangan yerlarda meva ko‘chatlarini yetishtirishninig zamonaviy texnologiyasi

55

Himoyalangan yerlarda sabzavot va poliz yekinlari yetishtirishning zamonaviy texnologiyalari

56

Issiqxona jihozlari va uskunalari (t.f.)

Kafedra jamoasi

Kafedra professor-o‘qituvchilarning F.I.Sh.

Lavozimi

1

Sanayev Sobir Toyirovich

Kafedra mudiri, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, dotsent, professor

2

Bobomirzayev Pirnazar Xursanovich

Qishloq xo‘jalik fanlari doktori, dotsent

3

Rizayev Shuxrat Xudoyberdiyevich

Qishloq xo‘jalik fanlari doktori, dotsent

4

G‘aybullayev G‘ulom Saydalimovich

Qishloq xo‘jalik fanlari doktori, dotsent

5

Sanaqulov Akmal Lapasovich

Qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor

6

Xamdamova Elnura Iskandarovna

Qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi, dotsent

7

Xonqulov Xusniddin Xoliqulovich

Qishloq xo‘jalik fanlari falsafa doktori, dotsent

8

Eshonqulov Bobur Mamirovich

Qishloq xo‘jalik fanlari falsafa doktori, dotsent

9

Bozorov Kamoliddin Shyeraliyevich

Qishloq xo‘jalik fanlari falsafa doktori, dotsent

10

Abduraxmonov Xusniddin Eshmamatovich

Qishloq xo‘jalik fanlari falsafa doktori, katta o‘qituvchi

11

Ismoyilov Alisher Isroyilovich

Qishloq xo‘jalik fanlari falsafa doktori, dotsent

12

Boboqulov Zarif Rayimqulovich

Qishloq xo‘jalik fanlari falsafa doktori, katta o‘qituvchi

13

Amanturdiyev Ilxom Xolmuminovich

Qishloq xo‘jalik fanlari falsafa doktori, dotsent

14

Botirov Alisher Erkinovich

Qishloq xo‘jalik fanlari falsafa doktori, katta o‘qituvchi

15

Xolmirzayeva Lola Bahriyevna

Qishloq xo‘jalik fanlari falsafa doktori, katta o‘qituvchi

16

Shamsiyev Anvar Akbarovich

Qishloq xo‘jalik fanlari falsafa doktori, katta o‘qituvchi

17

Abdixalikova Barchinoy Abdixomitovna

Qishloq xo‘jalik fanlari falsafa doktori, katta o‘qituvchi

18

Jabborov Shavkat

Qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi

19

Nurmatov Nodirjon Raxmatullayevich

Qishloq xo‘jalik fanlari falsafa doktori, katta o‘qituvchi

20

Mamatov Bozorboy Sayfiddinovich

Assistent

21

Lukova Iroda Mamadaliyevna

Assistent

22

Hayitov Akmal Baxtiyorovich

Assistent

23

Djo‘raboyeva Dilafro‘z Nuritdinova

Assistent

24

Rasulova Gulorom Rasul qizi

Assistent

25

Maxmudova Muazzam Sobir  qizi

Assistent

26

Xudayqulova Munira Shavkatovna

Kabinet  mudiri

27

Yalgashev Abdivosi Farxodovich

Kabinet  mudiri