Search

Agrokimyo, tuproqshunoslik va o‘simliklar ximoyasi kafedrasi

 

Kafedra mudiri

Maxmatmurodov Alisher Ulmasovich

Kafedra mudiri

Qishloq xo’jaligi fanlari doktori, dotsent

Tel .: + 99890-250-83-18

Elektron pochta: saloh@rambler.ru

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi 2019 yil 19 avgustdagi PD-4421-sonli qarori asosida tashkil etilgan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2020 yil 16 sentyabrdagi "Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filialini tashkil etish to'g'risida" gi 556-sonli qarori va Oliy va o'rta ta'lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan Oliy o'quv yurtlari to'g'risidagi namunaviy nizom asosida Agrikimyo, tuproqshunoslik va o’simliklar himoyasi kafedrasi tashkil etilgan.

Kafedra Agrobiologiya fakulteti tarkibiga kiradi. Agrokimyo, tuproqshunoslik va osimliklar himoyasi sohasidagi fanlar o'qitiladi. Kafedra professor-o'qituvchilari uslubiy, tadqiqot ishlari, shuningdek ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bilan bir qatorda tashkiliy, ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlar bilan ham shug’ullanadi.

Bugungi kunda kafedrada jami 4 kishi ishlaydi: 1 nafar fan doktori, 1 nafar dotsent, 1 nafar katta o'qituvchi va 1 nafar kabinet mudiri. Hozirgi kunda kafedrani qishloq xo’jaligi fanlari  doktori, dotsent A.U’.Maxmatmurodov boshqarmoqda.

Kafedraning asosiy faoliyati:

- rivojlangan davlatlar darajasida yuqori axloqiy va axloqiy talablarga javob beradigan yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash;

- kafedraning yo'nalishlari va mutaxassisliklari bo'yicha davlat ta'lim standartlari, o'quv rejalari va dasturlarini rivojlangan mamlakatlarning ta'lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish va takomillashtirish;

- kafedra fanlari bo'yicha o'quv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun taqdim etish, shuningdek, tegishli kafedralar tomonidan tayyorlangan o'quv rejalari bo'yicha sharhlar va xulosalar tayyorlash;

- darsliklar tayyorlash, o'quv va uslubiy qo'llanmalarni chop etish, shu jumladan chet ellik olimlar bilan birgalikda yozilgan adabiyotlarni qayta nashr etish;

- talabalar bilimini reyting nazoratini joriy etish, talabalarning sinfdan tashqari ishlarini tashkil etish;

- zukko talabalarni tanlash va tarbiyalash, olimpiadalar va musobaqalarda qatnashishga tayyorgarlik ko'rish, o'quvchilarning mustaqil ishlash shakllari va usullarini takomillashtirish bo'yicha choralar ko'rish;

- talabalarning ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish, tadqiqotlarni individual va jamoaviy ravishda tayyorlash, shart-sharoitlar yaratib, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnik;

- tasdiqlangan reja asosida tadqiqot ishlarini bajarish, tugallangan ilmiy tadqiqot ishlarini muhokama qilish, nashr etishni va ularning natijalarini ishlab chiqarishda joriy etishni tavsiya etish, ta'lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta'minlash;

- zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, yosh o'qituvchilarga pedagogik mahorat va ko'nikmalarni egallashga ko'maklashish, axborot bazasini yaratish, o'qitishda zamonaviy o'quv qo'llanmalaridan foydalanish, yakka tartibda o'qitish va mustaqil ta'lim usullaridan samarali foydalanishni yo'lga qo'yish, o'qitishni tashkil etish zamonaviy kompyuter texnologiyalari bilan jihozlangan maxsus sinflarda, masofadan o'qitish elementlarini ishlab chiqish;

- xorijiy ta'lim muassasalari bilan ta'lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish;

- talabalarning qiziqishlarini inobatga olgan holda, turli xil mavzular, yo'nalishlar va mutaxassisliklar, kasb turlari bo'yicha to'garaklar tashkil etish, o'quvchilarning bo'sh vaqtlarida samarali va foydali ish olib borishga qaratilgan kichik korxonalarda faoliyatni amalga oshirish;

- institutning axborot-resurs markazini kafedra yo'nalishlari va mutaxassisliklari bo'yicha yangi o'quv, ilmiy, texnik va davriy adabiyotlar bilan doimiy ravishda to'ldirib borish va uning yangilanishini doimiy nazorat qilib borish.

KAFEDRA XODIMLARI

Maxmatmurodov Alisher Ulmasovich

Agrokimyo, tuproqshunoslik va o’simliklar himoyasi kafedrasi mudiri

Qishloq xo’jaligi fanlari doktori, dotsent

Tel.: +99890-250-83-18

Email: saloh@rambler.ru

 

 

Abdullayev Baxtiyor Nosirovich

Qishloq xo’jaligi fanlari nomzodi, “Agrokimyo, tuproqshunoslik va o’simliklar himoyasi” kafedrasi dotsenti

Tel.: +99890-190-40-90

Email: baxtiyor_ecosam@mail.ru

 

Mashrabov Mansur Ibragimovich

Agrokimyo, tuproqshunoslik va o’simliklar himoyasi” kafedra kata o’qituvchisi,

Qishloq xo’jaligi fanlari falsafa doktori (PhD)

Tel.: +99893-343-08-04

Email: mansur_mashrabov@mail.ru

 

 

O‘QITILADIGAN FANLAR

Fanning nomi

Fan haqida qisqacha ma’lumot

1

Agrotuproqshunoslikda ilmiy tadqiqot usullari

 

 

 

Agrotuproqshunoslikda ilmiy izlanish usullari fani- ilmiy tadqiqot ishlarni tashkil etishi, shakllantirish, nazariy va eksperimental tadqiqotlarning asosiy mazmunini o’rganadi. Bundan tashqari tadqiqot natijalari bo’yicha olingan natijalarni tahlil qilishni o’rganadi.

2

Antropogen tuproqlar

 

Ushbu fan - Antropogen omillarning tuproqlar kelib chiqishi, tuproq paydo qiluvchi omillari, tuproqning xossa va xususiyatlari, unumdorligi, sho’rlanishi, degradasiyasi va eroziyaga uchraganligiga ta’siri o’rganadi

3

Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

 

Qishloq xo’jaligi fanlari bo’yicha ilmiy tadqiqot muammosiga ilmiy yondoshish, masalani shakllantira olish, nazariy bilimlarni umumlashtirish, tadqiqot usullarini tanlash, tajriba va sinovlar o’tkaza olish, natijalarni tahlil qila bilish va rasmiylashtirish kabi tizimga solingan bilim va ko’nikmalar shakllanadi.

4

Agrokimyoda ilmiy-tadqiqot uslublari

Oʻsimliklarni oziqlanishi va oʻgʻitlardan oqilona foydalanish yoʻllarini, laboratorya, lizimetrik, vegetatsion va dala tajribalarini oʻtkazish uslubiyotini va ular asosida olinadigan statistik tahlil qilish usullari boʻyicha nazariy va amaliy bilimlar o’rganiladi.

5

O’simliklarni himoya qilishda ilmiy-tadqiqot usullari

O’simliklarni himoya qilish bo’yicha ilmiy tajribalarning turlari; vegetasion tajribalarning mohiyati, tashkil etilishi asoslari, vegetasion tajribalarning agronomik jihatlaridan asoslangan sharoitlarida olib borilishini oʻrgatish hamda ularni amaliyotda tadbiq etish

6

O’simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari

Qishloq xoʻjaligi ekinlarining asosiy zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kimyoviy vositalardan foydalanish, ularning ishlatilish muddatlari va me’yorlari toʻgʻrisida ta’lim berish. Shuningdek ishlatiladigan kimyoviy vositalarni tarkibi, saqlash sharoitlari, qaysi zararkunandalarga qarshi ishlatilishi hamda atrof muhitga keltiradigan zararlari haqida tushunchalar o’rganiladi.

7

O’simliklarni biologik himoya qilish vositalari

Zararli organizmlarni tabiatdagi kushandalari toʻgʻrisida, laboratoriya sharoitida koʻpaytiriladigan yirtqich va parazit foydali hasharotlar guruhlari haqida, zararli organizmlarga qarshi qoʻllaniladigan mikrobiopreparatlar haqida bilish. Zararkunandalarga qarshi mikroorganizmlar, entomofaglar va qushlardan foydalanishning asosiy yoʻllari o’rganiladi.

8

O’simliklarda mineral oziqlanishning fiziologik asoslari

Talabalar oʻzlari tanlagan yo’nalishiga qiziqish uygʻotish, magistrlar bilimi, oʻquvi va koʻnikmalariga qoʻyilgan talablar, fanni oʻtish uslublari hamda respublika agrar sohasini barqaror rivojlanishida kimyolashtirishning ahamiyati toʻgʻrisida batafsil tushuncha va bilimlar shakllanаdи.

9

Dala ekinlarini himoyalash tizimi

Dala ekinlarini zararkunandalar va ularning bioekologik xususiyatlari, rivojlanishi va tarqalishi, zararkunandalarga qarshi qoʻllaniladigan yangi preparatlar va kurash usullari, entomofaglarni koʻpaytirish usullarini, oʻsimlik kasalliklari, zararkunandalari va begona oʻtlariga qarshi kompleks kurash choralarini bilishi va qishloq xoʻjaligida qoʻllay olishni o’rganadi.

TO‘GARAKLAR

 

Kafedrada 3 ta toʻgarak tashkil etilgan. Birinchi toʻgarak “Agrokimyogar” mas’ul katta o’qituvchi M.Mashrabov, ikkinchi toʻgarak “Tuproqshunos” mas’ul dotsent B.Abdullayev, uchinchi toʻgarak “Yosh himoyachi” mas’ul q.x.f.d., dotsent A.Maxmatmurodov.

Mashgʻulotlar  haftaning  har payshanba kuni soat 14:00 da olib boriladi.

ILMIY ISHLAR

Ilmiy tadqiqot ishlari mavzusi

Maqsad va vazifalari to‘g‘risida qisqacha ma’lumot

 

1

Abdullayev Baxtiyor Nosirovich

“Resurstejamkor texnologiya asosida donli ekinlarni yetishtirishda oʻgʻit qoʻllash tizimini ilmiy asoslash ”

Bugungi kunda ilgʻor texnologiyalar negizida ishlayotgan olimlar xamkorligida, ishlov berishni minimallashtirish va resurstejamkor, tuproqni ximoyalovchi texnologiyalar asosida tuproq unumdorligini oshirishda, donli ekinlardan yuqori xosil yetishtirishda oʻgʻit qoʻllashning samarali  texnologiyasini dala va labaratoriya tajribalari natijasida ilmiy-amaliy jixatidan asoslangan xolda ishlab chiqish va eng yaxshi natijalarni ishlab-chiqarishga joriy qilishga qaratilgan. Aan’anaviy ekish usulidan resurstejamkor texnologiyalarga oʻtishning tuproq unumdorligini saqlash va oshirishdagi afsalliklarini ilmiy-amaliy natijalarga asoslanib xar tomonlama koʻrsatkichlarini qiyoslash.

2

Mashrabov Mansur Ibragimovich

“Zarafshon vodiysi gidromorf tuproqlar fosfat rejimiga fosfor saqlovchi oʻgʻitlarning ta’siri”

Zarafshon vodiysi gidromorf tuproqlar sharoitida qishloq xoʻjalik ekinlari fosforli oziqlanishi, tuproq fosfat rejimi shakllanishiga turli fosfor saqlovchi oʻgʻitlarni ta’siri oʻrganish. Tuproq tarkibidagi harakatchan fosfor, fosforning fraksion tarkibi, fosfat intensivligi, sigʻimi va potensiallarini oʻrganish. Fosfor saqlovchi oʻgʻitlar koʻllashning maqbul me’yorlarini ishlab chiqish.

HAMKORLAR

Kafedraning bugungi kundagi ilmiy va ijodiy hamkorlari: Toshkent davlat agrar universiteti, Samarqand davlat universiteti, Samarqand veterinariya meditsinasi instituti, “Agrokimyo stansiyasi Samarqand filiali“ MChJ, O’simliklar karantini ilmiy tadqiqot markazi, “SAG agro invitro” MChJ, Samarqand viloyati “Agrokimyo himoya” XAJ, Viloyat yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi,  Viloyat ekologiya va atrof muhitni muxofaza qilish boshqarmasi, Paxta seleksiyasi, paxta urug’chiligi va paxta yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot institui hamda “O’zBAT” qo’shma korxonasi.