Search

Ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi

IJTIMOIY VA GUMANITAR

YAZDONOV ULUG‘BEK TOSHMUROTOVICH

Lavozimi

Kafedra mudiri

Ilmiy darajasi

Falsafa fanlar doktori (Dsc)

Ilmiy unvoni

Professor

Qabul kunlari

Dushanba-Shanba

Manzil

Samarqand vil. Oqdaryo tumani Dahbed qo‘rg‘oni, A.Temur ko’chasi 7-uy

Telefon

(+99899) 597-90-08

Fax

(+99866) 492 81 17

E-mail

yazdonov_u@samaguni.uz

Vazifalari

Kafedra O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 19-avgustdagi PQ-4421-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 sentabrdagi “Toshkent Davlat agrar universitetining Samarqand filialini tashkil yetish to‘g‘risidagi 556-sonli qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan “Oliy ta’lim muassasalari to‘g‘risida namunaviy nizomi” asosida Agrobiologiya fakulteti tarkibida tashkil etilgan.

Kafedra Agrobiologiya fakultetining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Kafedrada ijtimoiy gumanitar yo‘nalishidagi barcha fanlar o‘qitiladi va ular bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi. Kafedra professor-o‘qituvchilari O‘zbekistonning yeng yangi tarixi, O‘zbek (rus) tili, Xorijiy til, O‘zbek tilini sohada qo‘llanilishi, Jismoniy tarbiya va sport, Amaliy xorijiy til kabi qator fanlar bo‘yicha o‘quv, uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari, shuningdek ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, hamda tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

          Bugungi kunda kafedrada jami 13 ta ya’ni: 1 nafar fan doktori, 2 nafar dotsent, 10 nafar assistentlar faoliyat olib bormoqda. Hozirgi vaqtda kafedra jamoasini falsafa fanlari doktori, dotsent U.T.Yazdonov boshqarib kelmoqda.

  Kafedraning asosiy faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

  • rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori  malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash;

- kafedra yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha davlat ta’lim standartlari,  o‘quv rejalari  va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish va takomillashtirish;

- kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim yetish, shuningdek turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;

  • darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalar tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlar, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilgan adabiyotlarga xulosalar tuzish;
  • o‘quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarishdan ajralmagan hollarda) bo‘yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalaridagi fanlar bo‘yicha belgilangan mashg‘ulot turlarini yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish, ta’lim sifatini ta’minlash;

- talabalar bilimining reyting nazoratini joriy yetish, talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;

  • iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, olimpiada va tanlovlarda ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil ishlash shakl va uslublarini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
  • talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni tadqiqotlarga jalb yetish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo‘lib bajarishga o‘rgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratish;

- tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish, nashr etishga tavsiya berish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integrasiyasini ta’minlash;

- zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan yosh o‘qituvchilarga pedagogik malaka va ko‘nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o‘quv auditoriyalarida tashkil qilish, masofali o‘qitish elementlarini rivojlantirish;

- ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo‘yicha nomzodlik va doktorlik dissertasiyalarni ilmiy seminarlarda muhokama qilish, ta’lim hujjatlarining me’yor talablariga javob berishini belgilash bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;

  • xorijiy ta’lim muassasalari bilan ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
  • talabalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda turli mavzular, yo‘nalishlar va ixtisosliklar, kasb-hunar turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilish, kichik korxonalarda, talabalarni darsdan bo‘sh vaqtini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
  • institut axborot-resurs markazini kafedra ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi o‘quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to‘ldirib borish va yangilanishini doimiy nazorat qilish.

Kafedraning ilmiy uslubiy faoliyati

Kafedrada kerakli barcha materialar, majmualar, monografiya va hujjatlar tayyorlanib, elektron va chop etilgan shakllari yuritilmoqda hamda HEMIS tizimiga joylashtirilgan. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan milliy hamda xorijiy jurnallar va anjumanlarda maqolalar chop etilib kelinmoqda.

Kafedraning hamkorlik aloqalari

Bugungi kunda kafedra – Samarqand davlat universitetining «O‘zbekiston tarixi», Jahon tillari universitetining «Umumiy tilshunoslik», Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining «O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi» hamda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining «Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport» kafedralari bilan ilmiy-ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.   

Kafedrada o'qitiladigan fanlar

T/r

Fan nomi

1

O‘zbekistonning eng yangi tarixi

2

Falsafa

3

O‘zbek tilini soxada qo‘llanilishi

4

O‘zbek tili

5

Rus tili

6

Ingliz tili

7

Jismoniy madaniyat

Kafedra professor-o‘qituvchilari

T/r

F.I.SH.

Lavozimi

1

Yazdonov Ulug‘bek Toshmurotovich

Professor

2

Mirzayeva Mohira Qurbonovna

Dotsent

3

Temirov Sherali Abduxalilovich

Dotsent

4

Absalomova Gulmira Sharifovna

Assistent

5

Egamberdiyeva Hilola Salimovna

Assistent

6

Janonova Sitora Berdinazarovna

Assistent

7

Negmatova Navruza Nodirovna

Assistent

8

Ochilov Jonibek Abduxomid o‘g‘li

Assistent

9

Qarshiyev Bekzod Abdukarim o‘g‘li

Assistent

10

Rashidova Madina Raxmatovna

Assistent

11

Taniqulov jonibek Ashirkulovich

Assistent

12

Yo‘ldoshyeva Latofat Tolib qizi

Assistent

13

Shamsiyev Odil O‘rinboyevich

Assistent