Search

Xalqaro loyihalar

E’lon

Germaniyaning Toshkentdagi Elchixonasi tomonidan nemis tilidan notiqlik san’ati tanlovi!!!

Ushbu tanlov joriy yilning aprel-may oylarida o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, asosiy maqsad oliy o‘quv yurtlarida chet tillarni o‘rganish tizimini takomillashtirish hamda talabalarning chet tillarini chuqur o‘rganishiga, shuningdek, o‘qituvchilar malakasini oshirishga xizmat qiladi.

Tanlov ishtirokchilarning Toshkentga kelishi turar joyi va ovqatlanishi bilan bog‘liq xarajatlari Elchixona tomonidan qoplanadi.

Elchixona tomonidan tanlovni ikki bosqichda o‘tkazishni rejalashtirmoqda:

1-bosqich joriy yil 16-aprel kuni to‘g‘ridan-to‘g‘ri OTM(filialimiz)da bo‘lib o‘tadi.

1-bosqichdan saralangan nomzodlar 2-bosqichga joriy yil 3-may kuni Germaniyaning Toshkentdagi Elchixonasiga yuboriladi.

Tanlov ishtirokchilari uchun quyidagi mavzular taklif etiladi:

- “2022-yilda Germaniya O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini nishonlamoqda. Kelgusi 30 yil ichida bu munosabatlarni qanday tasavvur qilasiz?”

-“Diplomatiya san’ati nima bilan ajralib turadi? Diplomatiya tinch-totuv yashashga qanday ta’sir qiladi?”

- “Hozirgi kunda yosh avlodning qanday muammolari mavjud? Ularni hal qilishning qanday usullarini ko‘rmoqdasiz?”

- “Ijtimoiy tarmoqlar siz uchun qanchalik muhim? Ularning ijobiy va salbiy tomonlari nimadan iborat? Ijtimoiy tarmoqlar kelajagini va ularning jamiyat hayotiga ta’sirini qanday ko’rasiz?”

Nemis tilida erkin muloqot qiluvchilar orasida qiziqish bildirgan barcha talaba hamda magistrantlarni 16-aprel kuni soat 15:00 da filial xalqaro hamkorlik bo‘limiga kelishlaringiz so‘raladi.

1. Uzbek-(Yuklab olish)