Search

Oʻquv-uslubiy boʻlim

TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI OʻQUV–USLUBIY BOʻLIM INSPEKTORI

 

MAMATOV BOZORBOY SAYFIDDINOVICH

Lavozimi:

Oʻquv–uslubiy boʻlim inspektori

Manzil:

Samarqand viloyati Oqdaryo tumani Daxbed qoʻrgʻoni A.Temur koʻchasi 7-uy.

Bino:

Bosh bino, 2- qavat, 135-xona

Mobil telefon:

+99899 447 13 80

Telefon:

(866) 492 81 16 

E-mail:

@samaguni.uz,

edu.control@samaguni.uz

mbozorboys79@umail.uz

Tarixi: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 sentyabrdagi “Toshkent Davlat agrar filialining Samarqand filiali faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” gi 566–son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligining 2020 yil 18 sentyabrdagi 155-sonli buyrugʻining 1-ilovasiga asosan Oʻquv-uslubiy boʻlim tashkil etilgan.

Hozirgi kunda oʻquv-uslubiy boʻlimda quyidagi 3 nafar xodim faoliyat koʻrsatadi:

Mamatov Bozorboy Sayfiddinovich–oʻquv-uslubiy boʻlim inspektori.

Quvvatov Farid Tolibovich–oʻquv-uslubiy boʻlim uslubchisi.

 

Faoliyati: Oʻquv-uslubiy boʻlimi ta’lim jarayonini oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan davlat talim standartlari, malaka talablari, oʻquv va ishchi oʻquv rejalari, grafiklar, fanlar boʻyicha namunaviy hamda fan sillabuslariga muvofiq tashkil etadi, ular asosida dars jadvallarini tuzadi va uni barcha fakultetlar, kafedralar tomonidan toʻliq bajarilishini ta’minlaydi.

“Ichki nazorat va monitoring boʻlimi” va “Ta’lim sifatini nazorat qilish boʻlimlari” bilan hamkorlikda dars jarayoni va talabalarning oʻquv mashgʻulotlaridagi davomatini muntazam nazorat qilish va qayd etishning elektron bazasi yaratiladi.

Fakultetlar, kafedralar va oʻquv jarayoniga daxldor boshqa tarkibiy tuzilmalar faoliyatini oʻzaro muvofiqlashtiradi. Fakultetlar va kafedralar bilan birgalikda kafedralar ishchi oʻquv rejalari, fanlarning oʻquv va ishchi dasturlari, darsliklar, qoʻllanmalar, boshqa turdagi oʻquv-uslubiy hujjatlarni koʻrib chiqadi va tavsiya etish yoki tasdiqlash uchun Oʻquv-uslubiy kengashi hamda filial Kengashiga taqdim yetadi.

Mamlakatda va xorijda qoʻllanilayotgan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar va amaliy tajribalarni oʻrganadi, umumlashtiradi va oʻquv jarayoniga joriy etadi.

Kafedra professor-oʻqituvchilarining zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalar hamda chet tillar boʻyicha malakasini oshirish maqsadida seminarlar tashkil etadi.

Talabalarning dekanatdagi shaxsiy hujjatlari, reytingi qaydnomalarini va shu kabi boshqa hujjatlarni toʻgʻri rasmiylashtirilishini doimiy nazorat qilib boradi.

 

Oʻquv-uslubiy boʻlimning asosiy vazifalari

• Oʻquv-uslubiy  kengash raisining oʻrinbosari vazifasini bajarish;

• Oʻquv-uslubiy  boshqarma xodimlarining faoliyatini tashkil qilish, boshqarma xodimlariga oʻz vazifalarining ijrosi boʻyicha uslubiy-amaliy yordam koʻrsatish va xizmat vazifalarini talab darajasida bajarilishini nazorat qilish;

• Oʻquv-uslubiy  boshqarmaning yillik ish rejasini tuzish;

• Filial Ilmiy kengashi ishida ishtirok etish; 

• Oʻquv ishlariga doir Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buyruq va koʻrsatmalari, filial Ilmiy kengashi qarorlarini filial miqyosida joriy etish boʻyicha rektor buyruq va farmoyishlari loyihasini tayyorlash;

• Yoʻnalish va mutaxassisliklar boʻyicha fanlarning oʻquv-uslubiy  adabiyotlar va malakali mutaxassislar bilan ta’minlanish darajasini tahlil qilish ishlarini tashkil etish; 

• Filial Ilmiy kengashi, dekanlar yigʻilishiga oʻquv ishlariga doir axborotlar va ma’lumotlarni tayyorlash;

• Oʻquv-uslubiy  ishlarga doir rektor buyruq, farmoyish va koʻrsatmalarini fakultetlarda ijrosini nazorat qilish;

• Yangi oʻquv yili oʻquv jarayonini tashkil qilish rejasini tuzadi va uning ijrosi boʻyicha fakultetlar faoliyatini muvofiqlashtish;

• Ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha yillik ishchi oʻquv rejalarini koʻrib chiqish va tasdiq uchun tayyorlash;

• Filial boʻyicha oʻquv yuklamalari hajmi va mavjud shtat birliklari miqdori asosida professor-oʻqituvchilarning lavozimlari boʻyicha oʻquv yuklamalari me’yorini belgilash va tasdiqdan oʻtkazish;

• Kafedra ish hajmining professor-oʻqituvchilarga taqsimlanish sifati ustidan nazorat oʻrnatish, bu boʻyicha kafedra yigʻilishi qarori asosida rektor buyrugʻi loyihasini tayyorlash;

• Kafedralar oʻquv yuklamasi va shtat birliklari oʻrtasida muvofiqlik boʻlishi chorasini koʻrish, kafedraga shtat ajratish yoki shtatni qisqartirish haqida taklif berish;

• Fakultetlar taklifi va oʻquv rejalari asosida filial oʻquv  grafigini tuzish va bu boʻyicha rektor buyrugʻi loyihasini tayyorlash;

• “Professor-oʻqituvchilar va oʻquv jarayoni haqida talabalar fikrini oʻrganish maqsadida soʻrovnomalar tashkil qilish, fakultetlar tahlilini filial miqyosida umumlashtirib, xulosa chiqarish ishlarini amalga oshirish;

 YaDA sinovlari va bitiruv malakaviy ish himoyalarining samarali  tashkil etilishini ta’minlash. YaDA jarayonida filial ma’muriyati nazoratini amalga oshirish;

• Oʻquv-uslubiy  jarayonini tashkil etish hamda nazorat ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosarlari va oʻquv-yordamchi xodimlariga uslubiy yordam koʻrsatish;

• Oʻquv-uslubiy   jarayonni tashkil etish va nazorat qilish ishlari boʻyicha fakultet va kafedralar uchun uslubiy koʻrsatmalar tayorlash ishlarini tashkil qilish;

• Oʻquv-uslubiy  ishlarda oʻziga berilgan vakolat doirasida samarali faoliyat koʻrsatayotgan yoki nuqsonlariga yoʻl qoʻyayotgan professor-oʻqituvchilar va oʻquv yordamchi  xodimlarni taqdirlash yoki jazo choralari koʻrish haqida belgilangan tartibda taklif kiritish;

• Vazirlik va boshqa yuqori tashkilotlarga rektor (yoki oʻquv ishlari prorektori) koʻrsatmasiga asosan soʻralgan ma’lumotni tayyorlash;

• Oʻquv jarayoniga oid me’yoriy va ishchi hujjatlarni  tahlil qilib borish va takomillashtirish boʻyicha belgilangan tartibda taklif kiritish; bu boʻyicha fakultetlar takliflarini umumlashtish;

• Boshqarma xodimlarining malakasini va ish unumini oshirish choralarini belgilash, boshqarma faoliyatini takomillashtirish choralarini koʻrish; 

• Boshqarma Wyeb–saytini takomillashtirish va tegishli ma’lumotlarning vaqtida kiritib borilishini ta’minlash;

• Boshqarma tarkibini tajribali, ishga ijodiy yondasha oladigan, qat’iyatli va adolatli xodimlar bilan toʻldirish choralarini koʻrish;  

• Fakultetlarning oʻquv-uslubiy  ishlar boʻyicha yillik hisobotlarni umumlashtirish;

• Boshqarma xodimlari, professor-oʻqituvchilar va talabalarning mehnat va oʻquv intizomlari ustidan nazorat oʻrnatilishini tashkil qilish;

• Oʻquv ishlari boʻyicha murojaat, shikoyat va arizalarni koʻrib chiqish hamda hal qilish choralarini koʻrish;

• Oʻquv ishlari boʻyicha muammoli vaziyatlarni, tushunmovchiliklarni tahlil qilish va belgilangan tartibda bartaraf etish chorasini koʻrish;

• Dekanat va kafedralarning oʻquv-uslubiy  ishlar boʻyicha faoliyatini tahlil qilib borishni tashkil etish. Qayd etilgan kamchiliklarning kafedra va dekanatlar tomonidan tuzatilishini nazoratga olish, ularga uslubiy-amaliy yordam koʻrsatish.

Amaliyot: Mavjud bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha tegishli fanlardan amaliyot dasturlari tayyorlanib, ikki tomonlama shartnoma shakllantirilib tuziladi.

Ta’lim yoʻnalishlarining malakaviy, oʻquv-dala, pedagogik va ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish yangicha tartib, shakl va mazmunga ega boʻladi. Viloyatning yetakchi tashkilotlarida, klaster va ilgʻor fermer xoʻjaliklarida hamda ishlab chiqarish korxonalari bilan tuzilgan oʻzaro hamkorlik shartnomalariga muvofiq amaliyotlarni oʻtkazish yoʻlga qoʻyiladi. Korxona va tashkilotlar bilan amaliyotlarni oʻtkazish boʻyicha shartnomalar ishlab chiqiladi.

Oʻquv-uslubiy ta’minot: Filialda 16 ta bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va 11 ta magistratura mutaxasisliklari boʻyicha darslik va oʻquv qoʻllanmalar bilan ta’minlash maqsadida boshqa OTM axborot resurs markazlari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.

Yangi oʻquv yili boshida har bir 1-kurs talabasiga oʻqiyotgan ta’lim yoʻnalishining kurslari davomida oʻqitiladigan oʻquv fanlari boʻyicha oʻquv adabiyotlarining elektron darsliklari ARM da tashkil etilmoqda. Bundan tashqari har bir fan boʻyicha OʻUM axborot resurs markaziga topshirilgan.

Kurs ishi, bitiruv ishi, magistrlik dissertasiya mavzularini iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, jamiyatni demokratlashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish va shu kabi mamlakatimizning rivojlanish strategiyasini dolzarb muammolarga bagʻishlanishini ta’minlaydi hamda muayyan korxona misolida yozilishini nazorat qiladi.

Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash: Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash Oʻzbekiston Respublikasi vazirllar mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bogʻliq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi 824-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida oʻquv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisida Nizom” asosida tashkil etilgan.

Talabalarning kuzgi va bahorgi semestr yakunidagi yakuniy nazorat sinovlarini oʻtkazishda zamonaviy test usulini qoʻllashga katta e’tibor beriladi. Filial mutaxassislari tomonidan yangi kompyuter test dasturlari ishlab chiqilib, ulardan yakuniy nazoratlarni oʻtkazishda foydalanilmoqda. Bu dasturlar har yili takomillashtirilib boriladi.

OʻQUV IShLAR BOʻYIChA INSPEKTOR

Ish joyi va lavozimi: Oʻquv –uslubiy boʻlim inspektori Mamatov Bozorboy Sayfiddinovich

Telefon: (866) 492 81 16

+99899 447 13 80

Faxc:

E-mail: mbozorboys79@umail.uz

Tugʻilgan yili, kun, oy va joyi: 1980 yil 2 martda Samarqand viloyati Bulungʻur tumani.

Millati: Oʻzbek.

Ma’lumoti: Oliy, Samarqand qishloq xoʻjalik instituti Agronomiya fakultetining “Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari boʻyicha)” ta’lim yoʻnalishini (2002-2006), 2006–2008 yillar “Sabzavotchilik” mutaxassisligini imtiyozli diplom bilan muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Mehnat faoliyati: 1996-1998 yilar-Oʻzbekiston ijara xoʻjaligining 13-brigadasi doimiy ishchisi, 1998-2000 yillar-Harbiy xizmatda, 2000-2014 yillar-Bulungʻur tumani Mamatbek f/x raisi, 2002-2006 yillar-Samarqand qishloq xoʻjalik instituti talabasi, 2006-2008 yillar-Samarqand qishloq xoʻjalik instituti magistranti, 2006-2008 yillar-Samarqand qishloq xoʻjalik instituti Agronomiya fakulteti dekanati ish yurituvchisi, 2008-2010 yillar-Samarqand qishloq xoʻjalik instituti aspiranti, 2010-2011 yillar-Samarqand qishloq xoʻjalik instituti stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi, 2012-2013 yillar-Samarqand qishloq xoʻjalik instituti “Agrokimyo, tuproqshunoslik va oʻsimliklarni himoya qilish” kafedrasi assistenti, 2013-2018 yillar-Samarqand qishloq xoʻjalik instituti Issiqxona boshligʻi hamda Meva–sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasi assistenti, 2018 yil-Samarqand veterinariya medisinasi instituti Meva–sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasi assistenti, 2020 y.-h.v.-Toshkent davlat agrar filiali Samarqand filiali oʻquv ishlar boʻyicha inspektor

Ilmiy darajasi:-

Ilmiy unvoni:-

Ish staji: 25 yil

Pedagogik staji: 7 yil

Oʻqitadigan fanlari: Mevachilik va sabzavotchilik, Uzumchilik, Himoyalangan yer sabzavotchiligi, Sabzavotchilik, Funksional meva-sabzavotchilik.

Yutuqlari: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va Oʻrta Maxsus Ta’lim Vazirligining 2008 yil 18 aprelidagi № 104–sonli buyrugʻiga asosan 2008 yilning 18–20 sentyabr kunlari Toshkent Davlat Agrar Unversetetida oʻtkazilgan “Eng yaxshi bitiruv malakaviy ishi va magistirlik disertasiyasi” Respublika tanlovining 2–bosqichida “Istedodli yosh ixtirochi” naminasiyasi boʻyicha sovrunli 1 oʻrinni egalladi.

Ilmiy ishlari: 15 ta maqola chop etgan

Oilaviy ahvoli: Oilali, 3 nafar farzandi bor.

 

Manzil: Oqdaryo tumani Daxbed qoʻrgʻoni, A.Temur koʻchasi 7 uy

Bino/ofis: Filial, bosh bino, 2- qavat, 135-xona

E-mail: edu.control@samaguni.uz