O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 5-sentabr 11-06/985-sonli xati va Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti rektorining 2023-yil 6-sentabr “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi stipendiyasiga tanlov o‘tkazish to‘g‘risida”dagi 33-I-son buyrug’iga asosan institutimizda tahsil olayotgan talaba-yoshlarni ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish, ularni faol yaratuvchilik faoliyatiga keng jalb etish hamda oʻquv va ilmiy-innovatsion faoliyatda namuna koʻrsatgan kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan iqtidorli bakalavriat va magistratura talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi stipendiyasiga tanlov o‘tkaziladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar quyida keltirilgan hujjatlar yigʻma jild shakllarini toʻldirish talab etiladi:
- ma’lumotnoma (obektivka);
- pasport yoki ID karta nusxasi;
- reyting baholaridan ko‘chirma;
- dekanat va Yoshlar ittifoqining tavsiyanomasi;
- ilmiy rahbarning fikr-mulohazalari;
- xorijiy tillarni bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat;
- ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning bosma nusxalar;
- xalqaro, respublika va oliy ta’lim muassasalari miqyosidagi tanlovlarida erishgan yutuqlarini asoslovchi hujjatlar va ularni belgilangan tartibdagi tasdiqlangan nusxalari.
Nomzodlardan hujjatlar yig‘ma jild shakllarini 7-sentabrdan 11-sentabrgacha qabul qilinadi (11-sentabr, 2023-yil soat 15:00 gacha).
Hujjatlar yig’ma jild shakllari Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsilar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash sektorida (bosh bino, 4-qavat, 189-xona) qabul qilinadi.
(93)-834-83-83; Sh.Muratov @shukur1604
