Joriy yilning 16-noyabr sanasida Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati hamda BMT Taraqqiyot Dasturining “O‘zbekistonning milliy gender strategiyasining amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlash orqali tenglikka erishish” loyihasi doirasida O‘zbekistonda gender tengligi va xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirishning kelajagini o‘rganish (Foresight) bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi va Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi M.Isoqova seminar-treningda ishtirok etdi.