O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 07-iyuldagi 216-sonli qarori hamda Qishloq xo’jaligi Vazirligining 2023 yil 31-yuldagi 139-son buyrug’i ijrosini ta'minlash maqsadida Institutimizda ilmiy markazi tashkil etilgan. Sohani rivojlantirish maqsadida joriy yil 9 sentabr kuni Butunjahon Paxtachilik tadqiqotlari assosiasiyasi raisi janob Muhammad Nedim boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni instutut rektori professor Sh.Hasanov kutib olib, institutimizning faoliyati, tashqi aloqalar, xalqaro va mahalliy loyihalari, olimlarimizning yutuqlari (olimlarimiz tomonidan yaratilgan navlari va boshqalar) hamda institutimizda hozirda faoliyat yuritayotgan “Paxtachilik ilmiy markazi” mutaxassislari bilan tanishtirdi. Davra suhbati davomida janob Muhammad Nedim bugungi kunda g’o’za yetishtirishdagi muammolar va ularning yechimlari, agrotexnologiylari, qayta ishlash, klasterlar faoliyati hamda Misrda g‘o‘za seleksiyasi bo‘yicha erishilgan yutuqlar va qilayotgan ilmiy ishlari to‘g’risida gapirib berdi. Suhbat qiziqarli ravishda savol-javoblarga boy bo‘ldi. Mutaxassislarimiz ingichka tolali g‘o‘zaning (Gossypium barbadense) turi I,II,III tip tola berishi, o‘rta tolali g‘o‘za Gossypium herzitivium turi IV, V va VI tip tola berishi va ingichka tolali g‘o‘za respublikamizning janubiy viloyatlari Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida hamda Farg‘ona viloyatining Yazyavon cho‘llarida taxminan Respublika bo‘yicha ekiladigan g‘o‘zaning 5 %ini tashkil qilishi, jahon bozorida ingichka tolali g‘o‘zaga ehtiyoj yuqoriligini, respublikamizda g‘o‘zaning bu turi seleksiyasi bo‘yicha kam ishlar qilinganligi, Ilmiy markazning asosiy vazifalaridan biri esa, g‘o‘za seleksiyasi, urug‘chiligi va urug‘shunosligi, paxta va unga izdosh ekinlarni yetishtirish bo‘yicha ilg‘or innovatsion agrotexnologiyalarning ilmiy-amaliy asoslarini ishlab chiqish va takomillashtirish yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borish ekanligi haqida gapirildi va kelgusida ingichka tolali g‘o‘za (Gossypium barbadense) seleksiyasi bo‘yicha qilinadigan ishlar rejalashtirib olindi.