Search

RAQAMLI TA’LIM TEXNOLOGIYALAR MARKAZI

RAQAMLI TA’LIM TEXNOLOGIYALAR MARKAZI

AZIMOV SHERQUZI UROLOVICH

Lavozimi

Bo’lim boshlig‘i

Ilmiy darajasi

Yo’q

Ilmiy unvoni

Yoq

Qabul kunlari

Dushanba-Shanba

Manzil

Samarqand vil. Oqdaryo tumani Dahbed qo‘rg‘oni, A.Temur ko’chasi 7-uy

Telefon

(+99893) 727-03-07

Fax

(+99866) 492 81 17

E-mail

sh.u.azimov@mail.ru

Vazifalari

Markazning asosiy vazifasi filial o‘quv va ma’muriy boshqaruv jarayoniga axborot kommunikatsion texnologiyalarni tadbiq etish va ulardan foydalanish bo‘yicha boshqaruv-nazorat ishlarini olib borishdan iborat.

Markaz faoliyati haqida

Filial o‘quv, ilmiy, ma’muriy va xo‘jalik xizmati jarayonlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va undan foydalanish tashkillashtiradi. Filial axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi. Filialga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiya vositalarini sotib olish bo‘yicha takliflar kiritish, joriy etish, foydalanish, loyihalashtirish hamda rivojlantirish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi. Filialda yagona axborot xavfsizligi siyosatini yuritadi. Filialda tarmoq va lokal tarmoq qurilmalari xavfsizligini va doimiy ishchi holatda bo‘lishini nazorat qiladi.

Markazning asosiy vazifalari:

- filialda tarmoq administratorligi va tarmoqqa kirishni nazorat qilish, filial rasmiy veb-sayti, serverlari, axborot resurslari xavfsizligini va doimiy ish faoliyatida bo‘lishligini ta’minlash;

- filial ko‘p darajali telekommunikatsion tarmoqlari hamda texnik vositalarni xavfsizligini va sifatli ishlashini ta’minlash, shuningdek monitoringini yuritish;

- o‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha Moodle masofaviy o‘qitish tizimi va multimediali ta’lim resurslarini texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash;

- filial tarkibiy bo‘linmalarini multimedia vositalari va texnika vositalari bilan jihozlash, sotib olish bo‘yicha takliflar kiritadi.

- filialda foydalaniladigan texnik vositalarni modernizatsiya qilish ishlarini tashkil etish.

- filialda axborotlashtirish va texnik vositalar bilan bog‘liq tovar va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha korxona, tashkilotlar bilan shartnomalarni o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirish va shartnomalar tuzishda ekspert sifatida ishtirok etish.