Search

Shaxmat bo‘yicha Osiyo chempioni Marjona Malikova institutimiz mehmoni bo‘ldi

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida “Tengdosh tengdoshga” shiori bilan talabalar ligasi musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Musobaqa boshlanishi oldidan shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston, Osiyo chempioni, Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasi ishtirokchisi, shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zosi, “Kelajak bunyodkori” medali sohibasi Marjona Malikova institut havaskor shaxmat klubi a’zolariga mahorat darsini o‘tib berdi.

Master-klass davomida Marjona Malikova shaxmat klubining a’zolari bilan kuch sinashdi. Talabalar grossmaster sportchi bilan kuch sinashib, o‘zlarining shaxmatda bilim salohiyatini sinovdan o‘tkazdilar. Bellashuvdan so‘ng Marjona Malikova talabalarga qaysi jabhalarda kamchiliklarga yo‘l qo‘yganliklarini tushuntirib berdi.

Shaxmat grossmasteri bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirdi. Institutda bunday tadbirlarning tashkil etilishi talabalarning ma’nan va ruhan sportga qiziqishlarini oshiradi.