Search

Talaba qizlarning ijara xonadonlaridagi yashash sharoitlari o‘rganildi.

2023-yilning 15-16-sentyabr kunlari Samarqand agroinnovasiyalar va tadqiqotlar institutining Agrobiologiya fakulteti 2-3-kursining 17-22-Mevachilik va uzumchilik ta’lim yo‘nalishida va 18-22-Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talaba-qizlar yashaydigan ijara xonadonlari va ularning muammolari o‘rganildi.

O‘rganilgan xonadonlarda barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, bu ularning o‘zlari tanlagan mutaxassisliklari bo‘yicha zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarni puxta egallashida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Qizlarning
o‘qib-izlanishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, ularni turmushga to‘g‘ri tayyorlash, ma’naviy-axloqiy dunyoqarashi va tibbiy-psixologik bilimlarini mustahkamlash, darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli tashkillashtirish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga 
oshirilayotgani, yoshlarga mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanishi lozimligi ta’kidlandi va foydali tavsiyalar berildi.