Search

TANLOVGA E’LON!!!

Talabalarning har tomonlama raqobatbardosh kadr sifatida shakllanishlariga shart-sharoit yaratish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, intellektual salohiyatini oshirish, ularning o‘z iqtidorlarini namoyon etishlariga imkoniyatlar yaratish, talabalik nufuzini oshirish hamda yuqori natijalarga erishgan talaba-yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filialida “Yil talabasi-2021” tanlovi o‘tkaziladi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

a) “Yilning eng faol bilimdon talabasi” (o‘z mutaxassisligi bo‘yicha), bunda talabaning fanlarni o‘zlashtirishi va o‘quv jarayonlardagi ishtiroki va faolligi, chop etilgan maqola va tezislari hamda ularning mazmun-mohiyati, dolzarbligiga oid ishlar ko‘rib chiqiladi;

b) “Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi”, bunda talabaning filial jamoat ishlaridagi va boshqa jamoat tashkilotlari faoliyatidagi amaliy ishtiroki, faollik darajasi, targ‘ibotchi sifatidagi namunaviy ishlari, tashkilotchilik qobiliyati va shu asosda o‘zi tashkil etgan tadbirlar mazmuni, erishgan yutuqlari ko‘rib chiqiladi;

d“Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”, bunda joriy yilda talaba tomonidan yaratilgan ilmiy ishlar, ixtirolar, innovatsion g‘oyalari, ratsionalizatorlik takliflari, ularning yangiligi, dolzarbligi va ilmiy ahamiyati ko‘rib chiqiladi;

e) “Yilning eng faol sportchi talabasi”, bunda joriy yilda talabaning xalqaro va respublika miqiyosidagi o‘tkazilgan sport musobaqalaridagi yutuqlari va erishgan natijalari ko‘rib chiqiladi;

f) “Yilning eng faol bloger talabasi”, bunda talabaning joriy yilda ijtimoiy tarmoqlarda o‘zi yaratgan ta’lim olishga talaba-yoshlarni targ‘ib qiluvchi ishlanmalari va oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarni  yoritishda faollik darajasi  hamda ushbu sohada erishgan yutuqlari ko‘rib chiqiladi; 

g) “Yilning eng faol ijodkor talabasi”, bunda talabaning o‘zi tanlagan mutaxassisligi yo‘nalishidan qat’iy nazar musiqa, adabiyot, san’at va teatr sohasidagi qiziqishlari va joriy yilda erishgan natijalari  ko‘rib chiqiladi;

h) “Yilning eng faol tadbirkor talabasi” (xotin-qizlar uchun), bunda joriy yilda mustaqil ravishda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan talaba-qizlarning erishgan yutuqlari  hamda yoshlarni ish bilan  ta’minlaganlik darajasi ko‘rib chiqiladi.

Tanlovda fakultetda uzliksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan 2-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin.

Tanlovning filial bosqichi noyabr oyining 4-haftasining 6-kuni(27-noyabr, shanba)da o’tkaziladi.

ITITFTESektori

 doc xls