Search

"Yil talabasi -2021" Agrobiznes va logistika fakulteti tanlovi

 

 

E’lon:

 

"Yil talabasi -2021"

Agrobiznes va logistika fakulteti tanlovi.

 

      

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 –yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021-yilda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini  “Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi” ning 169-bandi, shuningdek , O’zbekiston Respublikasi  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2021-yil 29-yanvarda tasdiqlangan “2021-yilda Yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tizimida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan chora-tadbirlar dasturi” ning 6-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida

 

“Yil talabasi -2021” tanlovi o’tkaziladi

 

Tanlov quydagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi.

1. “Yilning eng faol bilimdon talabasi”, (o‘z mutaxasisligi bo‘yicha), bunda talabalarning fanlarini o‘zlashtirishi va o‘quv jarayonlaridagi ishtiroki va faolligi, chop etilgan maqola va tezislari hamda ularning mazmun-mphiyat, dolzarbligiga oid ishlar ko‘rib chiqiladi:

2. “Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi”,  bunda talabalarning oily ta’lim muassasasi jamoat ishlaridagi va boshqa jamoat tashkilotlari faoliyatidagi amaliy ishtiroki, faollik darajasi, targ‘ibotchi sifatidagi namunaviy ishlari, tashkilotchilik qobiliyati va shu asosda o‘zi tashkil etgan tadbirlar mazmuni, erishgan yutuqlari ko‘rib chiqiladi:

3. “Yilning eng faol ixtirochi –innovator talabasi”, bunda joriy yilda talaba tomomnidan yaratilgan ilmiy ishlar, ixtirolar, innovatsion g‘oyalari, ratsionalizatorlik takliflari, ularning yangiligi, dolzarbligi va ilmiy ahamiyati ko‘rib chiqiladi:

4. “Yilning eng faol sportchi talabasi”, bunda joriy yilda talabalarning xalqaro va respublika miqyosidagi o‘tkazilgan sport musobaqalaridagi yutuqlari va erishgan natijalari ko‘rib chiqiladi:

5. “Yilning eng faol bloger talabasi”, bunda joriy yilda talabalarning ijtimoiy tarmoqlarda o‘zi yaratgan ta’lim olishga  talaba-yoshlarni  targ‘ib qiluvchi ishlanmalari va oily ta’lim tizimida olib olib borilayotgan islohatlarni yoritishda faollik darajasi hamda ushbu sohada erishgan yutuqlari ko‘rib chiqiladi:

6. “Yilning eng faol ijodkor talabasi”, bunda talabalarning o‘zi tanlangan mutaxasissisligi yo‘nalishidan qat’iy nazar musiqa, adabiyot, san’at va teatr sohasidagi qiziqishlari va joriy yilda erishgan natijalari ko‘rib chiqiladi:

7. “Yilning eng faol tadbirkor talabasi” (xotin qizlar uchun), bunda joriy yilda mustaqil ravishda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan talaba-qizlarning erishgan yutuqlari hamda yoshlarni ish bilan ta’minlaganlik darajasi ko‘rib chiqiladi.

Yoʻnalishlardan biri uchun oʻz hujjatlaringizni tayyorlang va ushbu tanlovda gʻolib boʻlish uchun harakat qiling!

Barcha 2-bosqich talabalari qatnashishi mumkin!

Tanlovga hujjatlaringizni joriy  yilning 20-noyabriga qadar topshirishingiz mumkin.

Tanlovda ishtirok uchun qo‘shimcha ma'lumotlarlarni Agrobiznes va logistika fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari U Nurullayevga murojat qilingizlar;  Tel:+998932359788

 

 doc xls