Search

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

 

Bo‘lim boshlig‘i

Isaev Jahongir Muzaffarovich

Telefon: +998902878008

Qabul vaqti: Shanba va Yakshanba kunlaridan tashqari soat 9:00 dan 17:00 ga qadar

Email: Jahongir.isaev.78@mail.ru

 

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 sentabrdagi Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filiali faoliyatini tashkil etish to’g’risidagi 556-sonli qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligining 2020 yil 18 sentyabrdagi 155-sonli buyrug‘ining 1-ilovasiga asosan Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tashkil etilgan.

Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiya ishning asosiy yo’nalishlari:

– talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash;

– Vatan oldidagi fuqarolik va farzandlik vazifalarini sidqidildan bajarishga tayyorlash;

– talabalarda bilimni mukammal egallash mas’uliyatini oshirish;

– talabaning shaxs sifatidagi, o’ziga xos individual fazilatlarini shakllantirish va takomillashtirish;

– talabalarni ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, o’qishga va kasbga bo’lgan hurmat va ijtimoiy mas’ullik hissini keng targ’ib qilish;

– talabalar ijtimoiy-siyosiy va huquqiy ongini rivojlantirish, ularda tanqidiy va tahliliy fikrlash ko’nikmalarini kengaytirish;

– talaba yoshlarga salbiy illatlar: adolatsizlik, ta’magirlik, mahalliychilikning salbiy oqibatlarini anglatish;

– talaba yoshlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqishlari asosida ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil etish;

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limining asosiy vazifalari:

- mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni talaba yoshlar orasida keng targ’ib etish;

- talaba-yoshlar orasida axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, badiiy tarbiyani shakllantirish ishlarini yo’lga qo’yish;

- milliy urf-odatlar, qadriyatlarni targ`ibotiga bag’ishlangan anjumanlar, davra suxbatlari va uchrashuvlarni tashkil etish;

- talabalarning ma’naviy va jismoniy kamolotini yuksaltirish ishlarini takomillashtirishga ko’maklashish;

- filialda ma’naviy, ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning ustuvor yo`nalishlarini belgilash, bu borada zarur me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va uni amalga oshirilishini ta’minlash;

- diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik va jinoyatchilikka qarshi kurash borasida talaba yoshlar orasida mafkuraviy immunitetni qaror toptirish;

- yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarishga ko’maklashish

- yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish;

- yoshlar ma’naviyatini oshirish, ular orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish;

- talaba qizlarni kasb-hunarlar egallashlariga ko’maklashish ishlarini tizimli tashkil etish;

- Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining shahar, tuman bo’limlari hamda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan jamg’armalar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishda faol ishtirok etishdan iborat.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi uslubchisi